“Qizlarning o‘qib, oliy ma’lumotli bo‘lishi butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi” — prezident
Prezident 8-mart bayrami munosabati bilan xotin-qizlarga yo‘llagan murojaatida oila baxti, farzandlar kamoli hamda butun jamiyat ravnaqi uchun ayollar va qizlarning ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi muhimligini ta’kidladi.
Poytaxtdagi sanoat korxonalari Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi
Prezident Toshkent viloyati tumanlari rahbarlarining sustkashligini, bu yerda savdo, yer-suv, transport-tranzit imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayotganini tanqid qildi. Yig‘ilishda viloyatdagi tuman va shaharlarning “o‘sish nuqtalari” belgilandi.
Dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi
O‘zbekistonda 7−8-mart kunlari havo harorati ko‘tarilishda davom etadi. Dam olish kunlari esa havo o‘zgarib turadi, ba’zi hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.
Bugundan barcha “metan zapravka"lar ochiladi — Energetika vazirligi
Bugun, 7-martdan mamlakatdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ochiladi. Energetika vazirligi tabiiy gaz bosimining me’yoriy sxemaga qaytganini ma’lum qildi.
Qashqadaryoda ketma-ket ikkita kuchsiz zilzila qayd etildi
Mirishkor tumanida soat 00:33 va 00:34 da 4,4 hamda 4,6 magnitudali zilzilalar qayd etildi. Ularning sezilish kuchi 2−3 balni tashkil etdi.
2024-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2024-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.
O‘zbekistonda taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 10-mart, yakshanba kuni taroveh namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi.
Nukusda aholi noroziligiga qaramay, futbol maydonchasi o‘rnida ko‘p qavatli uy qurilmoqda
Nukus shahrining “Gulzor” mahallasida aholi noroziligiga qaramay, futbol maydonchasi o‘rnida turar joy binosi qurilishi boshlandi. O‘tgan yili shahar hokimligi ushbu mahallani namuna sifatida ko‘rsatgandi.
11-martdan Toshkent metrosining yangi 2 ta bekati yo‘lovchilar uchun ochiladi
Dushanbadan Yer usti halqa yo‘lining Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlari yo‘lovchilar uchun ish faoliyatini boshlaydi. U yerda sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati qariyb 2 oy oldin boshlangandi.
Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi — Reuters
Isroil va HAMAS o‘rtasidagi Ramazon oyi oldidan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni almashish bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qoldi, anklavdagi gumanitar vaziyat esa yomonlashishda davom etmoqda, deb yozdi Reuters.
Respublikachi Nikki Heyli AQSh prezidentligi uchun kurashdan chiqdi
Donald Trampning partiyadagi yagona raqibi Nikki Heyli prezidentlik poygasini tark etishini ma’lum qildi. Ammo u hozirda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka yagona nomzod bo‘lib qolayotgan Trampni qo‘llab-quvvatlamadi.
O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi TIV boshqarma boshlig‘i bo‘ldi
O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi Qahramon Shokirov o‘z missiyasini yakunladi. U TIV markaziy apparati boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi.
Farg‘onada Cobalt 5 nafar piyodani urib yubordi, ulardan 2 nafari halok bo‘ldi
Dang‘ara tumanida Cobalt haydovchisi yo‘l chetida ketayotgan 5 nafar piyodani urib yubordi. Oqibatda 2 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentdagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari yagona tarifga o‘tadi
20-martdan Toshkentdagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari yagona tarifga o‘tkaziladi. Yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lov qiladi.
Ilzat Kasimov investitsiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
Ilzat Kasimov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekiston Beliz bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.
16−18-mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
16−18-mart kunlari (shanba, yakshanba va dushanba) O‘zbekistonda Navro‘z arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi tadbir “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladi.
O‘zbekistonning BMTdagi yangi doimiy vakili tayinlandi
Eldiyor Toshmatov O‘zbekistonning Jenevadagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili bo‘ldi. Bungacha u Senat raisi kotibiyati rahbari bo‘lgan.
Beshta viloyatdagi tez yordam xizmatlariga 70 ta Volkswagen Caddy avtomobili topshirildi
Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridagi filiallariga 70 ta Volkswagen Caddy avtomashinalari berildi.
“Boqiy Buxoro” nega shahar markazida qurilyapti? Buxoro viloyati bosh arxitektori bilan intervyu
Buxoro markazida “Boqiy Buxoro” madaniy-etnografik parki loyihasini amalga oshirish boshlandi. Uni qurish uchun 32,6 gektar maydonda 29 ta obyekt buzilishi rejalashtirilgan. Hozirda bir qator binolar qisman buzib bo‘lingan. “Gazeta.uz” muxbiri viloyat bosh arxitektori Zuhriddin Muhiddinov bilan suhbatlashdi.
Shvetsiya rasman NATOga qo‘shildi
Rasmiy ravishda NATOga qo‘shilgan Shvetsiya Shimoliy Atlantika alyansining 32-a'zosiga aylandi. Harbiy blokka qo‘shilishdan oldin Stokgolm 200 yildan ortiq vaqt davomida betaraflik siyosatiga amal qilgan.
1-apreldan issiqlik ta’minoti xizmatlariga QQSning nol stavkasi bekor qilinadi. Bu tariflarga qanday ta’sir qiladi?
Veolia Energy Tashkent 1-apreldan issiqlik ta’minoti xizmatlari (va bir qator boshqa kommunal xizmatlar) uchun QQS bo‘yicha imtiyoz bekor qilinishini eslatib, bu abonentlarning avans to‘lovlariga qanday ta’sir qilishini tushuntirdi.