Toshkent Fotosuratlar uyida 18-mart kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zarxiv” agentligi, Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA) hamkorligida Navro‘zga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi.
Foto: Madina A’zam / “Gazeta.uz”
Ko‘rgazma ochilishida so‘zga chiqqan “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupovning ta’kidlashicha, ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad — Navro‘z tantanalari yillar davomida qanday o‘zgarganganini ko‘rsatishdir. Bunday ko‘rgazmalarni kelgusi yillarda ham tashkillashtirish rejalashtirilgan.
Agentlik rahbari tarixiy lavhalar kelajak avlodlarga ana shunday suratlar orqali yetib borishini ta’kidlab, fotosuratchilarni davlat arxivlarida o‘z shaxsiy fondlarini ochishga chaqirdi.
“Tarixni o‘rgangan, arxiv hujjatlarini tadqiq qilganimiz sari yangi fotohujjatlarni topamiz. Biz izlanishda davom etamiz. Bundan keyin ham fotosuratlarning ko‘lamini kengaytirib, bir emas, bir nechta zalda e’tiboringizga havola etamiz”, — deya ta’kidladi Ulug‘bek Yusupov.
Ko‘rgazma 28-martgacha davom etadi.
“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” shiori ostida tashkil etilgan ko‘rgazmada Navro‘z bayramiga oid Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan 1978−2004-yillarga oid, shuningdek, O‘zA taqdim etgan yangi davr lavhalari — 120 dan ortiq fotosurat namoyishga qo‘yilgan. Quyida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” ko‘rgazmasida namoyishga qo‘yilgan faqat 1990-yildan keyingi davrni aks ettiruvchi suratlarning bir qismi mushtariylar e’tiboriga havola etiladi.
1990-yil
![Toshkent “Sharq guli” ishlab chiqarish badiiy birlashmasida Navro‘z bayramining tantanali ochilishi. Toshkent, 1990-yil]()
Toshkent “Sharq guli” ishlab chiqarish badiiy birlashmasida Navro‘z bayramining tantanali ochilishi. Toshkent, 1990-yil
![Respublika televideniyesi tomonidan tashkil etilgan va Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan 24 soatlik marafon ishtirokchilari O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi qoshidagi “Tomosha” bolalar ansambli. Toshkent, 1990-yil, 19-mart]()
Respublika televideniyesi tomonidan tashkil etilgan va Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan 24 soatlik marafon ishtirokchilari O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi qoshidagi “Tomosha” bolalar ansambli. Toshkent, 1990-yil, 19-mart
![Navro‘z bayrami uchun samarqandlik oshpaz ustalar ikki metr uzunlikdagi Registon tortini tayyorladi. Toshkent, 1990-yil]()
Navro‘z bayrami uchun samarqandlik oshpaz ustalar ikki metr uzunlikdagi Registon tortini tayyorladi. Toshkent, 1990-yil
1991-yil
![Registon maydonida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanalashtirilgan tomosha. Samarqand, 23.03.1991-yil]()
Registon maydonida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanalashtirilgan tomosha. Samarqand, 23.03.1991-yil
![Shovot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasi aholisi Navro‘z bayrami paytida sumalak pishirmoqda. Xorazm, 1991-yil]()
Shovot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasi aholisi Navro‘z bayrami paytida sumalak pishirmoqda. Xorazm, 1991-yil
![Xalqlar do‘stligi maydonida Navro‘z bayrami paytida sumalak tayyorlanmoqda. Toshkent, 1991-yil, 21-mart]()
Xalqlar do‘stligi maydonida Navro‘z bayrami paytida sumalak tayyorlanmoqda. Toshkent, 1991-yil, 21-mart
![Navro‘z bayrami chog‘ida Urganch shahrining Teatr maydonida musiqa va qo‘shiqlar yangramoqda. Xorazm viloyati, 1991-yil, 22-mart]()
Navro‘z bayrami chog‘ida Urganch shahrining Teatr maydonida musiqa va qo‘shiqlar yangramoqda. Xorazm viloyati, 1991-yil, 22-mart
![Navro‘z bayramida Xorazm viloyatidan badiiy havaskorlik artistlari. Toshkent, 1991-yil, 22-mart]()
Navro‘z bayramida Xorazm viloyatidan badiiy havaskorlik artistlari. Toshkent, 1991-yil, 22-mart
1993-yil
![Mustaqillik maydonida bolalar uchun tashkil etilgan Navro‘z bayrami chog‘ida. Toshkent, 1993-yil, 22-mart]()
Mustaqillik maydonida bolalar uchun tashkil etilgan Navro‘z bayrami chog‘ida. Toshkent, 1993-yil, 22-mart
![Navro‘z bayrami munosabati bilan xalq sozandalarining chiqishi. Toshkent, 1993-yil, 22-mart]()
Navro‘z bayrami munosabati bilan xalq sozandalarining chiqishi. Toshkent, 1993-yil, 22-mart
![Navro‘z bayramida milliy raqslar. Toshkent, 1993-yil, 22-mart]()
Navro‘z bayramida milliy raqslar. Toshkent, 1993-yil, 22-mart
![Mustaqillik maydonidagi Navro‘z tantanalari chog‘ida. Toshkent, 1993-yil, 22-mart]()
Mustaqillik maydonidagi Navro‘z tantanalari chog‘ida. Toshkent, 1993-yil, 22-mart
![Termiz tumanidagi “Do‘stlik” kolxozi ayollari Navro‘z bayrami uchun sumalak tayyorlamoqda. Surxondaryo viloyati, 1993-yil, 22-mart]()
Termiz tumanidagi “Do‘stlik” kolxozi ayollari Navro‘z bayrami uchun sumalak tayyorlamoqda. Surxondaryo viloyati, 1993-yil, 22-mart
1994-yil
![Jarqo‘rg‘on tumanidagi Norali Boymurodov xo‘jaligida Navro‘z bayramiga sumalak tayyorlanmoqda. Surxondaryo viloyati, 1994-yil, 16-mart]()
Jarqo‘rg‘on tumanidagi Norali Boymurodov xo‘jaligida Navro‘z bayramiga sumalak tayyorlanmoqda. Surxondaryo viloyati, 1994-yil, 16-mart
![Navro‘z bayramida. Toshkent, 1994-yil, 21-mart]()
Navro‘z bayramida. Toshkent, 1994-yil, 21-mart
![Alisher Navoiy bog‘idagi Navro‘z bayramida raqqosalarning chiqishi. Toshkent, 1994-yil, 21-mart]()
Alisher Navoiy bog‘idagi Navro‘z bayramida raqqosalarning chiqishi. Toshkent, 1994-yil, 21-mart
![Alisher Navoiy bog‘ida Navro‘z bayrami qatnashchilari. Toshkent, 1994-yil, 21-mart]()
Alisher Navoiy bog‘ida Navro‘z bayrami qatnashchilari. Toshkent, 1994-yil, 21-mart
![Guliston shahrida Navro‘z tantanalari. Sirdaryo viloyati, 1994-yil, 22-mart]()
Guliston shahrida Navro‘z tantanalari. Sirdaryo viloyati, 1994-yil, 22-mart
1995−1997-yillar
![Nukusda Navro‘z bayrami. Nukus, 1995-yil]()
Nukusda Navro‘z bayrami. Nukus, 1995-yil
![Navro‘z bayramida. Farg‘ona, 1997-yil, 21-mart]()
Navro‘z bayramida. Farg‘ona, 1997-yil, 21-mart
![Nishon tumanidagi Tollimarjon yaylovlarida Navro‘z munosabati bilan tashkil etilgan ko‘pkari lavhalari. Qashqadaryo viloyati, 1997-yil, 20-mart]()
Nishon tumanidagi Tollimarjon yaylovlarida Navro‘z munosabati bilan tashkil etilgan ko‘pkari lavhalari. Qashqadaryo viloyati, 1997-yil, 20-mart
1999−2004-yillar
![Yuqori Chirchiq tumanidagi “Do‘stlik” stadionidagi Navro‘z bayramida karnaychilarning chiqishlari]()
Yuqori Chirchiq tumanidagi “Do‘stlik” stadionidagi Navro‘z bayramida karnaychilarning chiqishlari
![Yunusobod tumani “Beruniy” mahallasida Navro‘z bayrami. Toshkent, 2004-yil]()
Yunusobod tumani “Beruniy” mahallasida Navro‘z bayrami. Toshkent, 2004-yil
“Gazeta.uz” ikki yil oldin Navro‘z bayramining 1970−1990-yillarda nishonlanishiga oid Kinofotofono hujjatlari milliy arxividagi fotosuratlarni taqdim etgandi.