Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi rahbari sifatida ishlab kelgan Manish Prabxat diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda 26-mart kuni elchi bilan uchrashgan tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
“Biz elchi janoblarining faoliyati davomida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida strategik sheriklikni boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deyiladi xabarda.
Manish Prabxat bu lavozimda 2020-yil oktabr oyidan beri faoliyat yuritib kelayotgandi.