O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.
Shunga ko‘ra, chorshanba kuni Ramazon hayiti namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:
- Andijon viloyati 06:00;
- Namangan viloyati 06:00;
- Farg‘ona viloyati 06:00;
- Toshkent viloyati 06:10;
- Toshkent shahri 06:10;
- Sirdaryo viloyati 06:10;
- Jizzax viloyati 06:15;
- Samarqand viloyati 06:20;
- Surxondaryo viloyati 06:25;
- Qashqadaryo viloyati 06:30;
- Navoiy viloyati 06:30;
- Buxoro viloyati 06:30;
- Xorazm viloyati 06:50;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi 06:50.
Avvalroq Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qilgan, prezident qarori bilan shu kun hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilangan edi.
Hayit kuni Toshkentda avtobus va metro soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Dam olish kunlari esa yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.