Toshkent viloyatining Parkent tumani hokimi etib Sardor Dadajonovich Isakulov tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Isakulov 1986-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2011-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2006-yilda Markaziy magistral elektr tarmoqlari elektroenergiyasi uzatilishini hisoblash bo‘limida elektr montyori vazifasidan boshlagan. Shuningdek, Energetika vazirligida mas’ul vazifalarda ishlagan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yilning iyul oyidan buyon “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, koperatsion aloqalarni kengaytirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Isakulov 2021-yilning martidan beri ishlab kelgan, 8-aprel kuni faoliyatida yo‘l qo‘ygan bir qator kamchiliklari uchun vazifasidan olingan Shohruh Shoahmedovning o‘rnini egalladi.