Gulnoza Esanovna Kasimova Toshkent shahri hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar qildi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Gulnoza Kasimova 1984-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
U 2023-yildan hozirgacha Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.