10-aprel kuni ertalab O‘zbekistondagi masjidlarda Ramazon oyi tugashi munosabati bilan hayit namozi o‘qildi. Bu yil namoz kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida ado etildi. Xavfsizlik yaqinda Moskvadagi teraktdan keyin kuchaytirildi.
Toshkentda 125 ta masjidda namoz o‘qildi. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin shahardagi eng qadimiy masjidlardan biri — Chorsu maydoni yonida joylashgan “Xoja Ahror Valiy” masjidiga tashrif buyurdi. Hindistonlik Atul Annadate esa muharrirlarga “Minor” masjididan o‘z vatandoshlari va boshqa mamlakatlar vakillari namoz o‘qigan suratlarini taqdim etdi.
Foto
“Xoja Ahror Valiy” masjidi. Foto: Евгений Sorochin / “Gazeta.uz”
“Minor” masjidi. Foto: Atul Annadate