Toshkentda Activist loyihasi muallifi YTHga uchradi
Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov boshqaruvidagi BYD YTHga uchradi. Uning mashinasiga orqadan yuqori tezlikda kelgan Monza urilgan. YHXB hodisada jami 3 mashina ishtirok etgani, hech kimga jarohat yetmaganini ma’lum qildi.
Bo‘rijar kanalida cho‘kib vafot etganlarning uchovi ham xorij fuqarolari bo‘lgan
Qutqaruvchilar Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketgan erkakning jasadini topdi. U Xitoy fuqarosi bo‘lib chiqdi. Erkak suvga cho‘kib ketgan ayol va bola (Rossiya fuqarolari)ni qutqarishga uringan.
O‘zbekistonda elektron sigaretalar importi va sotuvini taqiqlash taklif qilinmoqda
O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlarini olib kirish va sotishni taqiqlash, shuningdek, ushbu cheklovlarni buzganlik uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi maktab o‘quvchilari orasida elektron sigaretlardan foydalanish ko‘payganini qayd etmoqda.
O‘zbekistonda Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi uchun tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi uchun tanlov e’lon qildi. G‘olib 100 mln so‘m mukofot oladi va uning ismining bosh harflari poyezdda aks ettiriladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
Qiziriq tumanining sobiq hokimi Sherzod Rajabov Surxondaryo viloyati hokimiga moliya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Shuningdek, Ziyoda Aminova Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.
Tojikiston TIV “Krokus"dagi terakt gumonlanuvchilarining qiynoqqa solinishini qoraladi
Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin Minskda bo‘lib o‘tgan MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida “Krokus"dagi teraktda gumonlanayotganlarning qiynoqqa solinishini qoraladi. “Bu yo‘l bilan olingan iqrorlarning bahosi hammaga yaxshi ma’lum”, — dedi u.
Qozog‘istonda xorijliklar uchun benzin narxini oshirish reja qilinmoqda
Qozog‘iston Energetika vazirligi qo‘shni davlatlarga yonilg‘i chiqib ketishi va “kulrang” eksportning oldini olish maqsadida xorijliklar uchun benzin va dizel narxini oshirish bo‘yicha buyruq loyihasini tayyorladi.
Navoiy viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar va Piskent tumaniga hokim v.b. tayinlandi
Rustam Sulaymonov Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Muzaffar Aripov esa Toshkent viloyatining Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Toshkentda 19 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
Yunusobod tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 19 yoshli haydovchi 49 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.
Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi
Jizzaxda Yutong avtobusi Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi, to‘rt kishi, jumladan, Fransiya fuqarosi jarohatlandi.
O‘zbekistonda birinchi chorakda 318 kishi shahvoniy shilqimlik qilgani uchun sudlandi
Yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda 318 kishi shahvoniy shilqimlik qilishda ayblanib, sudlandi. Yana 40 kishi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilishda aybdor deb topildi.
Ota bolalar ombudsmanining aralashuvidan so‘ng qiziga xorijga chiqishga ruxsat berdi
Erkak sportchi qiziga Osiyo o‘yinlarida qatnashish uchun chet elga chiqishiga ruxsat bermay, xorijga chiqish pasportini olishiga to‘sqinlik qilgach, bu ishga bolalar ombudsmani va boshqa idoralar aralashdi. Natijada ota qiziga bu jarayon uchun ruxsat berdi.
O‘zbekistonda uch oyda qariyb 4500 kishi oiladagi zo‘ravonlik uchun sudlandi
O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 4477 kishi oiladagi zo‘ravonlik moddalari bo‘yicha ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortildi.
Janubiy Koreyadagi parlament saylovlarida muxolifat g‘alaba qozondi
Janubiy Koreyadagi parlament saylovlarida muxolifat hukmron partiyadan ancha ilgarilab ketib, g‘alaba qozondi. Saylovda ishtirok etish ko‘rsatkichi so‘nggi 32 yildagi eng yuqorisi bo‘ldi.
Qasim-Jomart Toqayev suv toshqinlari sabab Ostona xalqaro forumini bekor qildi
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatdagi suv toshqinlari fonida moliyaviy resurslarni tejash zarurati tufayli 13−14-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Ostona xalqaro forumini bekor qildi.
“Toshkentdagi mahalla va ko‘chalar Sidney tajribasi asosida obodonlashtiriladi” — hokim Shavkat Umurzoqov
Toshkentdagi mahalla va ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari Avstraliyaning Sidney shahri tajribasidan kelib chiqqan holda yagona me’yorlar bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan, dedi hokim Shavkat Umurzoqov. U “nafaqat shahar markazida, balki chekka mahallalarda ham ideal sharoit bo‘lishi kerak"ligini aytdi.
Toshkent shahrida bahorgi issiq suv ta’minotidagi uzilishlar jadvali e’lon qilindi
15-apreldan Toshkent shahri issiq suv ta’minotida to‘rt kunlik uzilishlar boshlanadi. Veolia Energy Tashkent jadvalni e’lon qildi.