17-aprel kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida pul masalasida kelib chiqqan janjalda ayol tanishini o‘ldirib qo‘ydi, deb xabar bermoqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati.
Tumanning Hamjihatlik mahallasida yashovchi ayol (1986-yilda tug‘ilgan) tanishiga (ayol, 1975-yilda tug‘ilgan) qo‘ng‘iroq qilib, uyiga taklif qilgan. Uyda vaqtlarida o‘rtalarida pul oldi-berdisi ortidan kelib chiqqan nizo sababli janjal yuzaga kelgan.
Janjal vaqtida xonadon egasi bo‘lgan ayol mehmonning bo‘ynidan ayollar ro‘moli bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.
U jinoyatini yashirish maqsadida murdani uyining hovlisiga chuqur kovlab, ko‘mib qo‘ygan.
Gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi. Dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.