Siyosat
Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev va qidiruvdagi tadbirkor o‘rtasidagi suhbat videosiga izoh berdi
Internetda Turkiyada bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va qidiruvda bo‘lgan tadbirkor Sherali Sobirjanov o‘rtasidagi suhbat videosi tarqaldi. BP video yanvar oyida bosh prokuror o‘z mablag‘i hisobidan davolanayotgan turk klinikasida yozib olingani va amaldor bu tadbirkor bilan tanish bo‘lmaganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston AQShning intellektual mulk bo‘yicha qora ro‘yxatidan chiqarildi
O‘zbekiston 2000-yildan beri ilk marta intellektual mulkning huquqiy muhofazasi bo‘yicha AQSh Savdo vakilligining (USTR) qora ro‘yxatiga kiritilmadi. Bunga mualliflik huquqlari masalasiga “yuqori darajada siyosiy” e’tibor qaratilgani, Bojxona kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar va boshqalar keltirilgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari ekspluatatsiyasiga xususiy sektorni jalb qilish tartibi belgilandi
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiyasiga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi. Unga ko‘ra, 1-maydan boshlab uzunligi 20 kilometrgacha bo‘lgan yo‘llarni ekspluatatsiyasi uchun e’lonlar davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtiriladi.
Axens Ai-80 benzini ishlab chiqarishni to‘xtatish uchun Buxoro NQIZni modernizatsiya qilishga yordam beradi
Fransiyaning Axens kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish doirasida qator qurilmalarni loyihalashtiradi. Loyiha “O‘zbekneftgaz"ga Ai-80 benzin ishlab chiqarishdan voz kechib, 1 mln tonnadan ortiq Yevro-5 sinfidagi Ai-92 va Ai-95 benzinlarini ishlab chiqarishga o‘tish imkonini beradi.
O‘zbekiston va Tojikiston tranzit yuk tashishda ruxsatnoma blankalarini bekor qiladi
O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari yuk mashinalari tranzitini soddalashtirish va ruxsatnoma blankalarini bekor qilishga kelishib oldi. Bu yetkazib berish muddatini qisqartirishi va yuk xavfsizligini oshirishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda davlat aktivlarini xususiylashtirish jadallashtiriladi, 12 ta korxona aksiyalari birjaga chiqariladi
Prezident davlat obyektlarini xususiylashtirishni jadallashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. 247 ta korxonaning davlat ulushlari, 1000 dan ortiq ko‘chmas mulk obyekti va 12 ta yirik korxona aksiyalari savdoga chiqariladi. Sotilmay qolgan yer uchastkalari narxi bosqichma-bosqich pasayadi.
Toshkent aeroportida yangi yuk terminali 2 bosqichda quriladi
Toshkent xalqaro aeroportida yiliga 120 ming tonna yuk tashish quvvatiga ega yangi yuk terminali quriladi. Hozirgi terminal 30 ming tonna sig‘imga ega, biroq 2024-yilda u ikki barobardan ko‘proq yuk va pochta jo‘natmalarini qabul qilishi kutilmoqda.
Jamiyat
“Bu hecham qahramonlik emas”. Toshkent xalq kutubxonasi xodimlari 1966-yilgi zilziladan so‘ng kitoblarni qanday qutqargani haqida
1966-yilgi zilzila Toshkentdagi o‘nlab jamoat binolarini vayron qilgan. Ular orasida Toshkent xalq kutubxonasi ham bor edi. “Gazeta.uz” ushbu muassasa xodimlari qanday qilib vayronalar ostidan nodir kitoblar, qo‘lyozmalar, notalar va bosma nashrlarni olib chiqqani haqida hikoya qiladi.
Amerikalik taniqli shifokor Jo‘ldas Quljanov — Toshkentni zilziladan keyin tiklashdagi ishtiroki haqida
Taniqli ortoped-jarroh, Sent-Luis (AQSh) universiteti klinikasi professori Jo‘ldas Quljanov qanday qilib 18 yoshida 1966-yilgi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Toshkentga kelgani va bir yarim yil qurilishda ishlagani haqida “Gazeta.uz"ga so‘zlab berdi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dam olish kunlari respublikaning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi +18…+25 daraja bo‘ladi, kechasi +8…+13 darajagacha pasayadi. Joylarda shamol tezligi kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.
Toshkentda bolalar orasida isitma va tomoq og‘rig‘i ortgani rad etildi
Tarmoqlarda Toshkent shahrida yosh bolalar orasida isitma va tomoq og‘rig‘i ortib, shifoxonalarga murojaatlar ko‘paygani haqida video tarqaldi. SSBB bu xabarlar asossiz ekani, bemorlar soni tunda birmuncha ko‘p bo‘lishi va ular boshqa kasalliklar bo‘yicha ham murojaat qilayotganini ma’lum qildi.
Qashqadaryoda qizning nomusiga tegish bilan tahdid qilib, jarayonni videoga olgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi
Qashqadaryoda yigit voyaga yetmagan qizni yechinishga majburlab, jinsiy tegajog‘lik qilgani va kaltaklagani videosi tarqaldi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olinib, yigit va jarayonni videoga olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi.
“Bog‘ning menejeri davlat bo‘lishi noto‘g‘ri”. Toshkent hokimi ijaraga berilgan Abdulla Qodiriy va Do‘stlik bog‘lari haqida
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov Abdulla Qodiriy va Do‘stlik bog‘lari ijaraga berilishini izohladi. “Abdulla Qodiriy va Do‘stlik bog‘larining ahvoli yaxshimas. Bog‘ning menejeri davlat bo‘lishi noto‘g‘ri. Butun dunyoda shunaqa”, dedi hokim.
O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berildi
O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Bu qimor o‘yinlariga qaramlikning oldini olish va unga qarshi kurashish, mablag‘larning mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan, deb yozdi ILMA.
Yandex maktab o‘quvchilari uchun IT ma’ruzalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi
Yandex o‘quvchilar uchun ijtimoiy muammolarni hal etishda texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida ma’ruzalar tinglash imkonini taqdim etdi. Kompaniya xodimlari ilovadan nogironligi bo‘lganlar qanday foydalanishi, AI ijtimoiy va ekologik loyihalarda qanday yordam berishini so‘zlab beradi.
Foto: Toshkent aeroportida bahorgi aviaspotting o‘tkazildi
Toshkent xalqaro aeroportida oltinchi marta rasmiy spotting-tur o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 30 dan ortiq spotter qatnashdi. Foto.
Samarqand aeroportida xorijga olib chiqib ketilayotgan Nikolay kumush tangasi ushlab qolindi
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 1896-yil zarb qilingan Nikolay kumush tangasining xorijga olib chiqib ketilishi oldi olindi. Tanganing taxminiy qiymati 1,2 mln so‘mni tashkil etilishi aytilmoqda.
Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida fuqarolarga yer maydonlarini mansabdor tanishlari orqali noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi maktab basseynida cho‘milgan vaqti vafot etdi
Poytaxtning Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi tumanda joylashgan maktabdagi basseynda cho‘milganda ahvoli yomonlashib vafot etdi. Bosh prokuratura o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinladi.
Madaniyat
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (27−28-aprel)
O‘zbek tilidagi “Jentlmencha bo‘lmagan ishlar vazirligi” va “Yakshanba” filmlari hamda yana 8 ta kinopremyera, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, Xalqaro jaz festivali, konsertlar, ko‘rgazmalar, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!