Siyosat

dayjest

Namanganlik fuqaro O‘zbekiston prezidentini haqoratlagani uchun qamaldi

Sud Erondan qaytgan 27 yoshli namanganlik fuqaroni Facebook`da prezident Shavkat Mirziyoyevga nisbatan tuhmat va haqoratli izohlar yozgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.


dayjest

O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi mamlakat prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi Alisher Qayumov va prezident Tarman Shanmugaratnam ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Toshkent investitsiya forumida Singapur parlamenti delegatsiyasi va mamlakatdagi 25 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etadi.


Iqtisodiyot

dayjest

Energiya tariflari oshishi fonida kambag‘allik chegarasi yana bir bor oshirildi

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari 4,3 foizga o‘sdi — oyiga 621 ming so‘mdan 648 ming so‘mgacha. Ushbu ko‘rsatkich kambag‘allik chegarasini aniqlashda ishlatiladi. Mazkur summa 1-maydan gaz va elektr energiyasi tariflari oshishi munosabati bilan yil boshidan buyon ikkinchi marta yangilandi.


dayjest

Naqd pul orqali to‘lovlar uchun soliq keshbeki bekor qilinishi mumkin — qaror loyihasi

O‘zbekistonda 1-iyuldan to‘lovlar naqd pulda amalga oshirilganda fiskal cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali olinadigan soliq keshbeklarini to‘lash bekor qilinishi mumkin. Naqd pulsiz to‘lovlar uchun keshbek miqdori esa hozirgi 1 foizdan 2 foizgacha oshirilishi mumkin.


dayjest

YeTTB prezidenti Odil Reno-Basso O‘zbekistonga keladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso Toshkentga tashrif buyuradi. U prezident va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazadi, Xorijiy investorlar kengashi va Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.


dayjest

Kvartiralarni sotishda soliq bazasini har bir kvadrat metr uchun minimal miqdordan kelib chiqish belgilash taklif etilmoqda

O‘zbekistonda uy-joy sotib olish jarayonining shaffofligini oshirish uchun quruvchilarga soliq solinadigan bazani har bir kvadrat metr uchun minimal miqdordan kelib chiqib belgilash taklif qilinmoqda. Toshkent shahrida o‘rtacha minimal miqdor kvadrat metr uchun 5−7,5 mln so‘m etib belgilanishi rejalashtirilmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda kamyob metallarni qazib olish bo‘yicha 500 mln dollarlik loyihalar ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhim xomashyo — litiy, grafit, indiy, vanadiy, reniyning yangi konlarini o‘zlashtirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u kamyob metallarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha 500 mln dollarlik loyihalarni ishlab chiqishni topshirdi.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonda “kvartplata"larning minimal miqdori tasdiqlandi

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylardagi majburiy badallarning eng kam miqdorlari tasdiqlandi. Toshkentda ular binoning maydoni va qavatlar soniga qarab 1 kv metr uchun 1147 so‘mdan 1829 so‘mgacha bo‘ladi. Uy boshqaruvi kompaniyalari ko‘rsatishi shart bo‘lgan minimal ishlar va xizmatlar ro‘yxati ham tasdiqlandi.


dayjest

1-maydan nimalar o‘zgaradi?

Energiya tariflari oshadi, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lganlarga moddiy yordam beriladi, hokimliklarga zilzila xavfi bo‘yicha oylik xulosalar kiritiladi, ayrim o‘zanlarda noruda qazib olishga moratoriy joriy etiladi, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga tadbirkorlar jalb etiladi — 1-maydan nimalar o‘zgaradi?


dayjest

May oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda may oyi quruq va iliq havo bilan boshlanadi. Birinchi o‘nkunlikda harorat kunduzi +26…+29 daraja iliq bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘nkunliklarda kunduzgi harorat +23…+28 dan +30…+35 darajagacha o‘zgarib turadi. Ayrim joylarda momaqaldiroq, tog‘li hududlarda kuchli jala va sellar bo‘lishi xavfi bor.


dayjest

Toshkentning qaysi hududlarida may oyida issiq suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi? — ro‘yxat

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi Toshkent shahrida, jumladan, 6 ta tumanda may oyi uchun issiq suv ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha yangilangan jadvalni e’lon qildi.


dayjest

Ohangarondagi bog‘da 1500 ga yaqin daraxt yoqib yuborilgani aytilmoqda

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida noma’lum shaxs 1500 ga yaqin mevali va manzarali daraxtni yoqib yuborgani aytilmoqda. Ekologiya boshqarmasining ma’lum qilishicha, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.


dayjest

Toshkentdagi markaziy ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi

Toshkentdagi Istiqbol ko‘chasida asfalt o‘pirilib tushdi. Xabarda bunga issiqlik quvurida avariyaviy holat yuz bergani sabab bo‘lgani aytilgan. Hokimlik muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.


dayjest

Toshkent va Qarshida 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi hamda 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sexlar aniqlandi

Toshkentda 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mebel sexi, shuningdek, Qarshida 1 mlrd so‘mlik gazni qonunga xilof ravishda ishlatgan korxona aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.


dayjest

Toshkent hayvonot bog‘ida navbatdagi vasiylik dasturi ochildi

Toshkent hayvonot bog‘ida jonzotlarning yashash sharoitini yaxshilash uchun navbatdagi vasiylik dasturi ochildi. Bunda korpuslarni ta’mirlash, o‘yinchoq, ovqat olib berish, davolatish va boshqalar amalga oshiriladi. Bu davrda vasiy va uning oilasiga imtiyozlar, jumladan, zooparkka bepul kirish imkoni beriladi.


dayjest

Namanganda o‘quvchi boshqaruvchidagi Lacetti urib yuborgan talaba vafot etdi

Yangi Namangan tumanida 17 yoshli o‘quvchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti yo‘l chetidagi 4 nafar talabani urib yubordi. YTH oqibatida ulardan biri jarohat oldi, biri shifoxonada vafot etdi. “Bolamning berkitib mashina minib kelishidan xabarim yo‘q edi”, — dedi o‘quvchining onasi.


dayjest

Toshkentda may-avgust oylarida “Bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi o‘tkaziladi

Toshkent shahrida may-avgust oylarida 1 mln kishini qamrab olishi kutilayotgan “Bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi o‘tkaziladi. Bunda yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, IT va zamonaviy biznes sohalariga yo‘naltirishga oid 60 dan ortiq tadbir o‘tkazish belgilangan.


dayjest

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi yana boshlandi

Toshkentdan Chorvoqqa kuniga ikki mahal avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan ertalab 8:00 va kechki 18:00 da jo‘naydi, Xumsondan 6:00 va 16:00 da qaytadi. Yo‘lkira — 20 ming so‘m.


dayjest

O‘zbekistonga ayrim mahsulotlarni olib kirishda fitosanitariya sertifikati talabi bekor qilinishi mumkin

Chet elda fitosanitariya sertifikati talab etilmaydigan va fitosanitar xavfi past bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotlarni xorijdan olib kirishda fitosanitariya sertifikatini talab qilish bekor qilinmoqda. Deputatlar tegishli qonun loyihasini birinchi o‘yishda qabul qildi.


dayjest

O‘zbekiston aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 77 foizga yetdi

O‘zbekistonda aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 77 foizni tashkil etmoqda. 2024-yil yakunigacha ko‘rsatkich 81 foizga yetkazilishi reja qilinmoqda.


dayjest

Marg‘ilon aholisi ombudsmanga murojaat qilib, gavjum chorrahaga svetofor o‘rnatishga erishdi

Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja porso” MFY aholisi avtohalokat xavfi yuqori bo‘lgan chorrahaga svetofor o‘rnatishga ko‘mak berishni so‘rab ombudsmanga murojaat qildi. Ombudsmanning “tegishli tashkilotlar"ga murojaatidan so‘ng masala ijobiy hal etildi.


dayjest

O‘zbekiston yana PISA tadqiqotida ishtirok etadi, bunga Jahon banki yordam beradi

O‘zbekiston ikkinchi bor Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (PISA) ishtirok etadi. Loyiha yana Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. PISA-2025`ning pilot testlari joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadi. Hozirda ta’lim sohasi mutaxassislari metodologiya bilan tanishmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda davlat bog‘chalari uchun to‘lovlar ikki baravar oshiriladi

1-iyundan boshlab davlat bolalar bog‘chasida bola ta’minoti uchun to‘lovlar miqdori o‘rtacha 18,7−21 foizga oshadi. 2025-yildan boshlab narxlar yana ko‘tariladi. Narxlar so‘nggi bor uch yil avval oshgan edi.


dayjest

Foto: Trolleybus o‘rniga elektrobus

Toshkentliklar 1947-yildan trolleybuslardan foydalana boshlagan. Poytaxt bu transport turi bilan 2010-yil 30-aprelida xayrlashgandi. Hozir esa bir vaqtlar trolleybuslar yurgan yo‘llarda elektrobuslar harakatlanmoqda. “Gazeta.uz” ayni bir joyda yurgan trolleybus va elektrobuslar suratlarini jamladi.


dayjest

“Odamlar mehribon bo‘lishini xohlayman”. Toshkent hayvonot bog‘idagi Navro‘z laqabli yo‘lbars hikoyasi

Toshkent hayvonot bog‘ida 10 yashar bir yo‘lbars bor. Laqabi — Navro‘z. O‘zi moskvalik, 8 yildan beri Toshkentda yashaydi. Hayotning achchiq-chuchugini totgan, hatto bir “xotini” va bolasidan ham “ayrilgan”. Bir tishidan ham ayrilgan. Navro‘z o‘z hikoyasini “Gazeta.uz” bilan bo‘lishdi — uning odamlarga iltimosi bor.


Madaniyat

dayjest

O‘zbek va grek kulollari Londondagi hunarmandchilik haftasida qo‘shma asarini taqdim etadi

Londondagi hunarmandchilik haftaligida o‘zbekistonlik kulol Shohrux Rahimov yunon ustasi Yannis Zois bilan yasagan qo‘shma asari — chinni va afrikancha yog‘ochdan yasalgan hamda 22 karatlik oltin bilan qoplangan monumental totemini taqdim etadi.


Sport

dayjest

Prezident futbol bo‘yicha yoshlar terma jamoasini Parijdagi Olimpiadaga yo‘llanma olgani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini Qatarda o‘tgan Osiyo kubogi finaliga chiqqani va 2024-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi. “Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi”, — dedi u.


Jahon

dayjest

Xitoydagi yirik shaharlarda yer cho‘kmoqda, bu suv toshqinlariga sabab bo‘lishi mumkin — tadqiqot

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, Xitoydagi yirik shaharlarning salkam yarmi yer cho‘kishi tufayli suv toshqini xavfi ostida qolishi mumkin. Bu nafaqat yerosti suvlari sathining pasayishi, balki hududlardagi binolarning og‘irligi bilan ham bog‘liq.


dayjest

Qozog‘iston IIVning sobiq rahbari yanvar voqealari bo‘yicha qo‘lga olindi

Qozog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi norozilik namoyishlarida ayblanib hibsga olindi. U hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!