Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistondagi jami 236 mingdan ortiq ishchiga ega 10 ta eng yirik ish beruvchi kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi.
29-aprel holatiga ko‘ra, eng ko‘p xodimlarga ega kompaniyalar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
- Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 48 308 ta;
- Olmaliq kon-metallurgiya kombinati — 36 629 ta;
- “Temiryo‘linfratuzilma” (temiryo‘l infratuzilmasi bilan shug‘ullanuvchi) — 34 816;
- “Hududiy elektr tarmoqlari” — 20 873 ta;
- Romstar O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi (to‘qimachilik korxonalariga ega) — 18 800;
- “O‘zbektelekom” — 17 641;
- UzAuto Motors — 16 628;
- “Hududgazta’minot” — 16 309;
- “O‘zbekneftgaz” — 13 926;
- Anglesey food (Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘iga tegishli) — 12 726.