Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistondagi jami 236 mingdan ortiq ishchiga ega 10 ta eng yirik ish beruvchi kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi.

29-aprel holatiga ko‘ra, eng ko‘p xodimlarga ega kompaniyalar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:

  1. Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 48 308 ta;
  2. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati — 36 629 ta;
  3. Temiryo‘linfratuzilma” (temiryo‘l infratuzilmasi bilan shug‘ullanuvchi) — 34 816;
  4. Hududiy elektr tarmoqlari” — 20 873 ta;
  5. Romstar O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi (to‘qimachilik korxonalariga ega) — 18 800;
  6. O‘zbektelekom” — 17 641;
  7. UzAuto Motors — 16 628;
  8. Hududgazta’minot” — 16 309;
  9. O‘zbekneftgaz” — 13 926;
  10. Anglesey food (Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘iga tegishli) — 12 726.