Hokkey bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati finalida Tailand terma jamoasini mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati. 30-aprel kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi.
Ishtirokchi 10 ta jamoa orasida amaldagi g‘olib sifatida raqobatlashgan O‘zbekiston terma jamoasi chempionlik unvonini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Jasurbek Rustamxonov chempionatning eng yaxshi hujumchisi deb topildi.
O‘zbekiston U-18 — Tailand U-18 — 2:1 (0:1,1:0,1:0):
- 1:1 Timur Xabibov (Albert Dadaxojayev, Saloxiddin Azimov) 38:32
- 2:1 Abduqayum Abduvosiqov (Albert Dadaxojayev) 48:55
Foto va video