Buxoro shahri hokimi etib Qurbon Tursunov tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

U shu vaqtgacha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi issiqlik ta’minotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

Sessiyada, shuningdek, Buxoro shahrining avvalgi hokimi Jamol Nosirovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi.

“Jamol Nosirov sog‘ligi yomonlashgani munosabati bilan Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etishni so‘rab, ariza bilan murojaat qildi”, — dedi sessiyada Botir Zaripov.

Jamol Nosirov 2021-may oyida shahar hokimi etib tayinlangandi.