O‘zgidromet agentligi 1−8-may kunlari Toshkent viloyatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli viloyatning Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarining (Chotqol tizmasi tog‘lari) tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda qor ko‘chishi yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.