UzAuto Motors kompaniyasining 2024-yilning birinchi choragidagi sof foydasi 1,29 trillion so‘mga yetdi, bu haqda kompaniyaning yagona korporativ axborot portalidagi moliyaviy hisobotida ma’lum qilindi.

Bu o‘tgan yilning yanvar-mart oylaridagi ko‘rsatkichdan (272,6 milliard) 4,7 barobar, 2022-yilning birinchi choragidagidan (460,5 milliard) 2,8 barobar ko‘pdir.

Daromad 8,89 trillion so‘mdan 11,69 trillion so‘mgacha (+31,4 foiz), mahsulot tannarxi 7,7 trillion so‘mdan 9,3 trillion so‘mgacha (+20,8 foiz) oshdi.

Shu bilan birga, kompaniyaning yalpi foydasi 2,38 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ikki baravarga (1,19 trillion) o‘sdi, xarajatlar esa 2 foizga oshib, 1,05 trillion so‘mni tashkil etdi.

2023-yilda UzAuto Motors 4,85 milliard dollarlik 369,99 ming dona avtomobil ishlab chiqarish bilan O‘zbekiston avtomobil bozoridagi 81 foiz ulushni egalladi. ADM Jizzakh 5,5 foiz ulushni olgan bo‘lsa, qolgan qismi importga, jumladan, 291 million dollarlik 8948 ta BYD avtomashinasi importiga to‘g‘ri keldi.

2024-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 91 mingtaga yoki bir yarim barobarga oshdi.