Siyosat
“Qambarota GES-1 O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega” — Abdulla Aripov
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonda qurilishi kutilayotgan Qambarota GES-1 loyihasini “O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega” deb atadi. U xalqaro moliya institutlarini ushbu loyihada ishtirok etishga chaqirdi.
Iqtisodiyot
“Muammo tadbirkorlar kamligida emas, mavjud korxonalar juda kichikligida” — Behzod Hoshimov
“Rivojlanayotgan dunyoda hukumatlar muammo tadbirkorlar kamligida deb o‘ylaydi, lekin muammo bor korxonalarning juda kichikligida”, — dedi Behzod Hoshimov. Iqtisodchiga ko‘ra, firmalarning hajmi oshishi kerak, ammo davlat xarajatlari orqali tadbirkorlarni rag‘batlantirish siyosati buning teskarisini qiladi.
O‘zbekiston, jumladan, Toshkentda quruvchi tashkilotlar uy-joy sotuvi shartnomalarida qanday narxlarni ko‘rsatmoqda?
Soliq qo‘mitasi “Gazeta.uz” so‘roviga javoban quruvchi tashkilotlar yangi uy-joylarni sotishda shartnomalarda ko‘rsatadigan narxlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, ayrim quruvchilar hujjatlarda har kv.m uchun narxni 1 mln so‘mdan ko‘rsatgan. Maqsad soliq solinadigan bazani kamaytirish bo‘lishi mumkin.
“Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va investorlar huquqlari ishonchli himoya qilinishini o‘z zimmasiga oladi” — prezident
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda investorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni sanab o‘tdi: “Investitsiyalar to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinadi, mamlakatda Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi va xorijiy sarmoyadorlarga yerlarni ijaraga berish muddati ikki barobar uzaytiriladi.
O‘zbekiston YeTTB bilan “Asakabank"ni xususiylashtirish bitimini imzoladi
Toshkentda o‘tayotgan III xalqaro investitsiya forumida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan “Asakabank"ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi. Forumda so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlarni bank va energetika sohalarida ishtirok etishga taklif qildi.
O‘zbekiston AQSh va Britaniya bilan muhim xomashyo sohasida hamkorlik qilmoqchi
Shavkat Mirziyoyev investorlarga hamkorlik imkoniyatlari haqida gapirarkan, mamlakatda 30 dan ortiq noyob metallar konlari mavjudligini alohida ta’kidladi. Prezident O‘zbekiston AQSh va Buyuk Britaniya bilan muhim xomashyo sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar ustida ish olib borayotganini aytdi.
O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yil muddatga ozod etiladi
O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yil muddatga ozod etiladi. Shuningdek, sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha uzaytiriladi. Mamlakatda Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi.
O‘zbekiston investorlarni xalqaro loyihalarga qo‘shilishga chaqirmoqda
O‘zbekiston prezidenti xorijiy investorlarni qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistonda gidroelektr stansiyalari, shuningdek, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston va O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston temiryo‘llarini hamkorlikda qurish loyihalariga qo‘shilishga chaqirdi.
YTTB “Asakabank"ni xususiylashtirishga tayyorlashda ko‘maklashadi
O‘zbekiston va YTTB o‘rtasida Toshkent investitsiya forumida imzolangan kelishuvga ko‘ra, tomonlar “Asakabank"ni xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida institutsional transformatsiyalar va korporativ boshqaruv tizimini isloh qilish bo‘yicha ish olib boradi.
YTTB Xorazm viloyatidagi yo‘lni modernizatsiya qilish uchun 238 mln dollar kredit ajratdi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Toshsoqa — Amudaryo — A380 avtomobil yo‘li"ni rekonstruksiya qilish va Amudaryo ustidan ko‘prik qurish uchun 238 million dollargacha kredit ajratdi. Rekonstruksiyadan so‘ng bir qatorli yo‘l ikki qatorli avtomobil yo‘liga aylanadi.
Jamiyat
Aktyor Mashrab Kimsanov vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi.
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
Endi kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga my.gov.uz orqali onlayn ariza berish mumkin. Xizmatdan foydalanish bepul.
Yandex O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun maxsus IT ta’lim dasturini ishga tushiradi
Yil oxirigacha Yandex O‘zbekistonning ikki shahrida bolalar uchun dasturlash maktablari va informatika o‘qituvchilari uchun bepul dasturlash kurslarini ochishni rejalashtirmoqda.
“Toshkent Qur’oni” restavratsiya qilinadi
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Musulmonlar idorasi ko‘magida “Toshkent Qur’oni” nomi bilan mashhur bo‘lgan Usmon mus’hafini konservatsiya va restavratsiya qilish rejalashtirilmoqda. Loyihada xorijlik mutaxassislar va restavratorlar ishtirok etadi.
Sport
“Final uchun rejamiz bor”. Timur Kapadze — Osiyo kubogi finalida Yaponiyaga qarshi o‘yin haqida
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi final haqida gapirib, jamoalarni “bir-biriga munosib raqib” deb atadi. Uning aytishicha, o‘yin uchun tayyorlangan reja bor. Kapadze, shuningdek, 3 legionerning o‘yinda qatnashmasligiga ham to‘xtaldi.
“Maqsadimizdan kechmaymiz. Ishonch bilan o‘ynanglar”. Kapadze Indoneziyaga qarshi o‘yin oldidan shogirdlariga nima degandi?
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Osiyo kubogida Indoneziyaga qarshi bahsdan oldin yigitlarga konsentratsiyani yo‘qotmaslik va bosimlarga ahamiyat bermaslikni tushuntirgan. “Maqsadimizdan kechmaymiz”, — dedi u. Kapadze shogirdlari 3-may kuni finalda Yaponiya bilan o‘ynaydi.
Jahon
AQSh sudi Binance asoschisini 4 oylik qamoq jazosiga hukm qildi
Sietl sudi dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi bo‘lgan Binance asoschisi Chanpen Chjaoni to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qildi. U AQShning pul yuvishga qarshi qonunlarini buzganlikda aybdor deb topildi.
Qirg‘izistonda haydovchisiz mini yuk mashinasi 29 bolani urib yubordi
Qirg‘izistondagi tog‘li qishloqda o‘tkazilgan tanlov payti muzqaymoq ortilgan mini yuk mashinasi bir guruh maktab o‘quvchilarini urib yubordi. 29 nafar bola jarohatlandi, yetti nafari — reanimatsiyada. Ma’lumotlarga ko‘ra, furgon haydovchisiz harakatlangan va tormoz tizimi ishdan chiqqan bo‘lishi mumkin.
AQSh va Saudiya Arabistoni mudofaa paktini tuzishga yaqin turibdi — Bloomberg
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Saudiya Arabistoni Yaqin Sharqni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan mudofaa paktini tuzishga yaqin turibdi, deb yozmoqda Bloomberg nashri. Bitim Ar-Riyodga Amerikaning ilg‘or qurollaridan foydalanish imkonini beradi va Isroilga G‘azo urushini tugatish uchun rag‘batlar taqdim etadi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!