O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov TePe Sigeman Chess Tournament 2024 turnirida g‘olib bo‘ldi.

U asosiy davrada 4,5 ochko to‘plab, Arjun Erigaysi (Hindiston, FIDE reytingi — 8, Elo balli — 2761) hamda Pyotr Svidler (Rossiya, 45, 2689) bilan bir xil ochko jamg‘argan holda peshqadam bo‘ldi.

nodirbek abdusattorov, shaxmat, tepe sigeman chess tournament 2024

Shundan so‘ng uch shaxmatchi o‘rtasida tay-breyk bahslari o‘tkazildi. Nodirbek Abdusattorov ikkala o‘yinda ham raqiblarini mag‘lub etdi va musobaqa chempionligini qo‘lga kiritdi.

nodirbek abdusattorov, shaxmat, tepe sigeman chess tournament 2024

Abdusattorov musobaqa boshidagi omadsiz start evaziga FIDE onlayn reytingida 8-pog‘onaga tushib qolgandi, lekin 3 ta g‘alabadan so‘ng yo‘qotilgan reytinglarini tiklab, yana top-5 likka qaytdi.

TePe Sigeman Chess Tournament musobaqasi har yili Shvetsiyaning Malmyo shahrida bo‘lib o‘tadi. Shaxmatchilar sakkiz o‘yinchidan iborat bitta davra tizimida raqobatlashadi. Vaqt nazorati — 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, o‘yinning qolgan qismida yana 30 daqiqa va har bir harakat uchun 30 sekund qo‘shimcha.