Toshkentda III Xalqaro investitsiya forumi yakunlandi. Uning jonli sessiyasida qulay shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha panel muhokamasi bo‘ldi. Unda iqtisodiyot, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik sohasidagi xalqaro ekspertlar hamda yirik xorijiy biznes vakillari ishtirok etdi. Ulardan biri BI Group Qozog‘iston qurilish xoldingi rahbari Aydin Rahimbayev bo‘ldi. Uning kompaniyasi O‘zbekiston bozorini ustuvor maksad deb biladi va investitsiyalar hajmini oshirishga tayyor.

bi-group, реклаmа

Forumda shaharsozlik haqidagi suhbatlar unumli zamin topgani bejiz emas. 2023-yilda O‘zbekiston prezidenti 2030-yilga kelib Toshkent dunyoning qulay shaharlari reytingida 50-o‘ringa ko‘tarilishi kerakligi haqida ko‘rsatma bergan edi. Bunday jiddiy masalani amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin. Ayniqsa, gap nafaqat xalqaro tajribaga, balki MDH uchun yangi shahar qurish formatlari va yuqori texnologiyali yechimlarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo qurilish bozorining yetakchilaridan biri haqida borayotgan bo‘lsa.

bi-group, реклаmа

Forumning panel sessiyasida so‘zga chiqqan Qozog‘iston kompaniyasi rahbari BI Group Toshkentda amalga oshirishni rejalashtirgan bir qator loyihalarni taqdim etdi. AQSh, Buyuk Britaniya va Turkiya ekspertlari bilan davra suhbatida keng qamrovli va qulay shaharsozlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Rahimboyev O‘zbekiston o‘z kompaniyasi uchun xalqaro taraqqiyotning asosiy yo‘nalishi ekanini ta’kidladi.

bi-group, реклаmа

“Kompaniyamiz bugungi kunda dunyoning yetti mamlakatida, jumladan, AQSh va BAAda faoliyat yuritmoqda, biroq O‘zbekiston biz uchun ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda, biz ushbu bozorning istiqbolini, investitsiyaviy jozibadorligini ko‘rmoqdamiz. Mamlakat rahbariyati xorijiy biznes uchun barcha shart-sharoitlarni yaratmoqda, prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsan ushbu jarayonlarga turtki beryapti va ularni nazorat ostida ushlab turibdi. Bundan tashqari, bizning qardosh xalqlarimizni ko‘p jihatdan tarix, madaniyat va dunyoqarashning o‘xshash elementlari, uylariga va kelajagiga munosabat bog‘lab turadi. Shuning uchun biz O‘zbekiston qurilish bozoriga investitsiyalar hajmini muntazam ravishda oshirishga qaror qildik”, — dedi tadbirkor.

O‘zbekiston qurilish bozorining BI Group kabi yirik o‘yinchilarning investitsiyalari va boshqaruviga aniq extiyoji bor. O‘zbekiston bugungi kunda axoli soni o‘sishi bӯyicha Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi. Shu munosabat bilan davlat Toshkent va boshqa shaharlarni uy-joy bilan ta’minlashning xalqaro standartiga — kishi boshiga 30 kv.m. ga olib kelishi mumkin bo‘lgan barcha jarayonlarni rag‘batlantirishga tayyor. Toshkentda bu ko‘rsatkich hozirgi paytda 22 kv. m. ga teng.

bi-group, реклаmа

O‘zbekiston bozorida besh yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan BI Group Qozog‘istonda sinovdan ӯtgan va keng talab qilinadigan amaliyot hamda texnologiyalarni qo‘llamoqda. Ulardan biri tez orada ishga tushiriladigan Bigville, ya’ni “shahar ichidagi shahar” konsepsiyasi bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda u ishlab chikaruvchining vatanida faol rivojlanmoqda. Konsepsiya shuni ta’kidlaydiki, ishlab chikaruvchi faqat turar joy binolarini quribgina qolmay, balki butun hududni har tomonlama o‘zlashtiradi, buning natijasida muhim ijtimoiy obyektlar va dam olish joylari uydan 15 daqiqalik piyoda masofada joylashadi. Ushbu qaror fuqarolarning farovon hayotiga hissa qo‘shadi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston xoldingi O‘zbekiston loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmini oshirishga va Bnect (qurilish jarayonlari ekotizimi), Connected Home (“aqlli” uy), Big App (mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun ilova), Smart Remont va boshqalar kabi innovatsion IT tizimlarini ish jarayonlariga joriy etishga tayyor.

Reklama huquqlari asosida.