Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvadagi paradda ishtirok etadi
Shavkat Mirziyoyev Moskvada G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan paradning faxriy mehmonlari qatorida bo‘ladi, deya xabar berdi Kreml. Paradda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Kuba, Laos va Gvineya-Bisau davlatlari rahbarlari ham ishtirok etadi.
Iqtisodiyot
Gaz va elektr tariflarining oshishi inflyatsiyaga qanday ta’sir qiladi?
Elektr energiyasi va gaz narxlarining oshishi inflyatsiyani qo‘shimcha 2,4 foiz punktga oshiradi, dori vositalari va ayrim kommunal xizmatlar uchun QQS bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinishi esa 1 foiz punktga oshiradi, deya xabar qildi MB. Regulyator buning fonida aholi real daromadlarining biroz pasayishini kutmoqda.
Toshkent investitsiya forumida 26,6 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi — ISSV
Toshkent investitsiya forumi yakunlari bo‘yicha 26,6 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi. “Yangi Toshkent” infratuzilmasi, ma’lumotlar markazi va elektr stansiyalari qurish, Nukus, Farg‘ona, Quvasoy shaharlarida issiqlik tizimini modernizatsiya qilish va boshqa loyihalar rejala qilinmoqda.
Toshkent-Andijon pulli yo‘li 4,6 mlrd dollarga baholanmoqda — transport vaziri o‘rinbosari
Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi pulli avtomobil yo‘lining qiymati 4,65 mlrd dollarni tashkil etadi, dedi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini iyun oxirigacha tugatish reja qilinmoqda. U, shuningdek, trans-afg‘on temiryo‘li va boshqa loyihalar haqida ham gapirdi.
Xorijiy avtomashinalarni vaqtincha olib kirish uchun yig‘im hisoblash tartibi o‘zgardi
O‘zbekistonda xorijiy avtomobillarni vaqtincha olib kirish uchun yig‘im hisoblash tartibi o‘zgartirildi. Ilgari miqdor avtomobilning dvigatel kuchiga qarab hisoblangan bo‘lsa, endi bu uchun qat’iy belgilangan stavka bo‘ladi.
Ustav kapitali bo‘yicha minimal talablarni bajarmagan 4 ta bankning operatsiyalari cheklandi
Markaziy bank ustav kapitali bo‘yicha minimal talablarni bajarmagani uchun 4 ta bankning operatsiyalariga cheklov kiritdi. Bu banklarga 1-apreldan kreditlar berish va depozitlar qabul qilish taqiqlangan. Regulyator “reputatsion risklar” tufayli ularning nomini oshkor qilmadi.
O‘zbekiston martda ham oltin sotish bo‘yicha dunyoda birinchilikni saqlab qoldi
Mart oyida ham O‘zbekiston 11 tonna ko‘rsatkich bilan dunyoda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi. Fevralda 12 tonna qimmatbaho metall sotilgandi.
Yilning dastlabki 4 oyida davlat budjet defitsiti 25 trln so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda yanvar-aprel oylari oralig‘ida davlat budjeti defitsiti 25 trln so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Aprel oyidagi daromad va xarajatlar orasidagi farq oy boshiga shakllangan qoldiq va aprel oyida muomalaga chiqarilgan Davlat qimmatli qog‘ozlari hisobiga qoplangan.
Fiskal intizom kelgusida inflyatsiyaga qo‘shimcha bosim shakllanishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi — MB
Markaziy bank kelgusida fiskal intizomga rioya qilinishi va budjet xarajatlarining yil boshida belgilangan darajalari doirasida amalga oshirilishi inflyatsiyaga talab tomondan qo‘shimcha bosim shakllanishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Jamiyat
Haftaning ikkinchi yarmi yomg‘irli o‘tadi
Haftaning birinchi yarmida aksariyat hududlarda quruq ob-havo bo‘lishi, harorat +33 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Payshanbadan nam havo massalari barcha hududlarga tarqaladi. Harorat +20 darajagacha pasayib, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi
9−11-may kunlari to‘qqizta viloyatning tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin. O‘zgidromet aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi.
Samarqand viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
Samarqand viloyatining Urgut tumanida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning 2−3 balli ta’siri qo‘shni tumanlar, shuningdek, Qashqadaryoda sezildi.
Samarqandda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 3 sutkaga qamaldi
Urgut tumanidagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi 27 yoshli yigit o‘quvchi qizga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilishda ayblanib, 3 sutkaga qamaldi. Sudda yigit hech kimga shilqimlik qilmagani, faqat o‘quvchisiga tanbeh berganini aytib ko‘rsatuv berdi.
Jizzaxda er 25 yoshli xotinini urib o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
Sharaf Rashidov tumanida er xotiniga og‘ir tan jarohatlari yetkazib, uni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda. Ayolning qarindoshlari aytishicha, oilada doimiy janjallar bo‘lib turgan. Shu janjallarning birida marhumaga himoya orderi ham berilgan bo‘lgan.
Qashqadaryoda sel oqibatida ko‘prik qulab tushdi (video)
Chiroqchi va Shahrisabz tumanlarini bog‘lovchi daryoda sel ko‘prikning asos poydevorini yuvib ketdi, oqibatda ko‘prik qulab tushdi. Yo‘lda transport harakati to‘xtab qolgani aytildi.
Toshkentdan Qarshiga “Afrosiyob"ning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8, 9-may kunlari Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.
“45 daqiqalik dars o‘quvchini o‘zgartirishi kerak”. Toshkentda ta’lim tizimidagi muammolar muhokama qilindi
Finlyandiyada o‘quvchilar PISA testlariga tayyorlanmaydi, PISA ta’lim sifati bo‘yicha mamlakatdagi umumiy vaziyatni aniqlashga yordam beradi, deydi mamlakat vakili. Nodavlat ta’lim muassasalari uyushmasi o‘tkazgan konferensiyada O‘zbekiston bu borada qaysi jihatlarga e’tibor qaratishi kerakligi muhokama qilindi.
Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat qilgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana shu kabi jinoyatlarga qo‘l urdi
Antikorrupsiya agentligi kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyati uchun sudlangan shaxslar faoliyat olib borayotgani va takror jinoyatlar sodir etayotganini aniqladi. Xususun, pora bo‘yicha ushlanganlarning 33 nafari avval ham shunday jinoyat uchun sudlangan.
Xorazmda bog‘cha tarbiyachisi bolalarga tarsaki tushirgani hamda bola qo‘liga igna kirgani yuzasidan tekshiruv boshlandi
Gurlan tumanida bog‘cha tarbiyachisi bolalarga bir necha bor tarsaki tushirgani aks etgan video va bolalardan birining qo‘liga igna kirgani surati tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Ro‘yxat: Hukumat qarori bilan davlat muhofazasiga olingan mozaikalar
Vazirlar Mahkamasining mart oyidagi qarori bilan O‘zbekiston hududidagi 157 ta binodagi mozaika va pannolar madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritildi va davlat muhofazasi olindi. “Gazeta.uz” ularning ro‘yxati va manzillarini taqdim etadi.
“Ayollar ketish uchun kuch topishi kerak”. Diyora Usmonova birinchi turmushida kaltaklangani haqida gapirdi
Tadbirkor Diyora Usmonova marhum Bobur Usmonov (Alisher Usmonovning jiyani) bilan birinchi turmushida bo‘lgan oiladagi zo‘ravonlik haqida gapirdi. “Zo‘ravonlik to‘rt yil davom etgan, miya chayqalishi, ko‘plab qonlar va ko‘karishlar paydo bo‘lgandi”, — dedi u.
Sport
O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar Osiyo chempionatida 17 ta medal oldi
Toshkentda o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston 17 ta medalni qo‘lga kiritdi: 10 ta oltin va 7 ta kumush. Guruh mashqi dasturida qizlarning qo‘lga kiritgan oltini Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim etdi.
“Eng asosiy vazifamizni bajardik”. Timur Kapadze — O‘zbekistonning U-23 Osiyo kubogidagi o‘yini haqida
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze jamoaning U-23 Osiyo kubogidagi natijalari va finaldagi Yaponiyaga qarshi mag‘lubiyat haqida gapirdi.
Jahon
AQSh G‘azoda urush boshlanganidan beri birinchi marta Isroilga o‘q-dori yetkazib berishni to‘xtatdi — OAV
Jo Bayden ma’muriyati AQShda ishlab chiqarilgan o‘q-dorilarni Isroilga yetkazib berishni to‘xtatdi, deb yozmoqda Axios. Bu bir martalik kechikishmi yoki yetkazib berishning vaqtinchalik to‘xtab qolishi — aniq emas. Ta’minotning to‘xtatilishi Isroilda xavotir uyg‘otdi, deya ta’kidladi nashr.
Isroil Rafah aholisini evakuatsiya qilishni boshladi
Isroil sharqiy Rafahda jon saqlayotgan o‘n minglab g‘azoliklarni shahardagi ehtimoliy harbiy amaliyotlar fonida gumanitar hududga ko‘chib o‘tishga chaqirdi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!