Toshkentda 20-aprel kuni O‘zbekiston Nodavlat ta’lim muassasalari uyushmasining an’anaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 500 dan ortiq xususiy maktab o‘qituvchilari jamlangan tadbir xalqaro PISA tadqiqoti doirasida milliy ta’limning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlandi.

pisa, комил жалилов, ноdaвлат ta’lim muassasalari uyushmasi, ta’lim, ферuза vaҳобоva

O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova. Foto: Nodavlat ta’lim muassasalari uyushmasi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tadbirni ochib berar ekan, ta’lim sohasida xususiy sektorning roli ortib borayotganini alohida qayd etib o‘tdi.

Nodavlat ta’lim muassasalari uyushmasi direktori Feruza Vahobova mamlakat rahbariyatining muntazam o‘sib borayotgan xususiy ta’limga bo‘lgan e’tiborini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Uyushma rahbari, an’anaviy ta’lim tizimi qoliplaridan chiqib keta olgan va “o‘zining ijodkorligi, qarashlari, dunyoqarashi, qadriyatlari va missiyasi bilan o‘z muassasasiga asos solgan hamda ularni ulkan maqsadlar bilan muvaffaqiyat sari yetaklayotgan — har biri o‘zining o‘ziga xos yo‘liga ega bo‘lgan” xususiy maktablar rahbarlari va o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildirdi.

pisa, комил жалилов, ноdaвлат ta’lim muassasalari uyushmasi, ta’lim, ферuза vaҳобоva

Feruza Vahobova. Foto: Nodavlat ta’lim muassasalari uyushmasi.

“Har bir rahbar o‘z jamoasi bilan birgalikda ta’lim sohasiga o‘ziga xoslik olib kirayotgani va bir-birimizdan o‘rganayotganimiz qanday ajoyib”, — dedi uyushma rahbari.

Tadbir ochilgach, yalpi majlis ma’ruzachilari chiqish qildi, shundan so‘ng konferensiya o‘z ishini shu’ba majlislarida davom ettirdi. O‘qituvchilar va maktab rahbarlari o‘qitishning samarali usullari va o‘quv jarayonini boshqarish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

pisa, комил жалилов, ноdaвлат ta’lim muassasalari uyushmasi, ta’lim, ферuза vaҳобоva

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bosh mutaxassisi Abduqodir Karimberdiyev o‘tkazilishi kutilayotgan PISA tadqiqotlariga to‘xtalib o‘tdi.

2022-yilda O‘zbekiston ilk bor 15 yoshli o‘quvchilar bilimini baholovchi PISA xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etdi va tadqiqotning 2025-yilda o‘tkaziladigan navbatdagi siklida ishtirok etish bo‘yicha shartnoma imzoladi. PISA natijalari va muntazam ravishda yaxshi natijalarni qayd etayotgan boshqa mamlakatlar, xususan, Finlyandiya tajribasi tahlili ta’lim tizimining qaysi jihatlariga e’tibor qaratish kerakligini ko‘rsatadi. “Gazeta.uz” yalpi majlisda so‘zga chiqqanlar nutqidan asosiy tezislarni bir materialga jamladi.

pisa, комил жалилов, ноdaвлат ta’lim muassasalari uyushmasi, ta’lim, ферuза vaҳобоva

Raqamli iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi texnologiyalari universiteti prorektori Juzeppe Sapiyensa o‘z nutqida baholash maqsadlari va formativ baholashning ahamiyatiga to‘xtaldi.

pisa, комил жалилов, ноdaвлат ta’lim muassasalari uyushmasi, ta’lim, ферuза vaҳобоva

— Baholash barcha mamlakatlar miqyosida o‘tkazilar ekan, ushbu baholashda nima muhim ekanligini hal qilib olish kerak: validlik yoki ishonchlilik. Ishonchlilik — bu baholash har safar bir xil natijalarni berishi: masalan, sinovni uch marta o‘tkazdik va har safar natijalar o‘zaro mos keldi. Validlik — bu haqiqatda baholamoqchi bo‘lgan narsamizni baholash. Misol uchun, biz intellektni baholamoqchimiz va testimiz haqiqatan ham intellektni baholaydi, boshqa narsani emas.

Sinovlar sinfda o‘tkazilganda, o‘quvchilar yoki talabalar ikki sababga ko‘ra baholanadi: birinchisi — ularga o‘rganishda yordam berish va ikkinchisi — boshqalarga (ota-onalarga, ish beruvchilarga) ular biz o‘rgatgan narsada qanchalik yaxshi ekanini ko‘rsatish. Birinchi turdagi baholash bizga o‘quvchi nimani tushunishi yoki tushunmasligi, ta’limda qanday yutuqlarga erishganligini aniqlash uchun kerak.

Mana shu formativ baholash. Formativ baholash xatolarni tuzatish va o‘quv jarayonini o‘quvchilar ehtiyojlariga moslashtirish imkonini beradi.

Baholashning ikkinchi turi esa — yakuniy imtihonni o‘tkazish vaqtidagi summativ baholash bo‘lib, undan so‘ng odatda hech narsani o‘zgartira olmaymiz.

Biz summativ baholashga juda ko‘p e’tibor qaratamiz, ayni paytda, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, aynan formativ baholash o‘quvchilarning akademik natijalariga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Nargiza Qo‘chqorovaning chiqishi zamonaviy ta’limda o‘qituvchi va maktab rahbariyatining o‘zgarib borayotgan roliga bag‘ishlandi.

pisa, комил жалилов, ноdaвлат ta’lim muassasalari uyushmasi, ta’lim, ферuза vaҳобоva

— PISA natijalari fonida o‘qituvchining roli o‘zgarib bormoqda — tadqiqotlar bizga avval xayolimizga ham kelmagan ma’lumotlarni ko‘rsatdi. Agar siz sinflarimizdagi odatiy manzaraga nazar tashlasangiz — o‘quvchilarimiz partada qanday o‘tirishadi, qo‘llarini ko‘taradi — va bunday an’ana qayerdan kelib chiqqanligi haqida o‘ylab ko‘rsangiz, uning ildizlari XIX asrga, sanoatlashtirish davriga borib taqaladi. U vaqtlarda fabrikalarda odamlarning katta guruhlarini boshqarish dolzarb masalaga aylangan va bir xil harakatlar algoritmiga ehtiyoj tug‘ilgan. Agar kimdir, masalan, hojatxonaga borishi kerak bo‘lsa, qo‘lini ko‘taradi, shunda boshqa birov kelib, uskunada uning o‘rnini egallaydi.

Axir bizning zamonamizda [o‘quvchidan] individuallik va “qutidan tashqari”da (out of box) fikrlash, innovatsion fikrlash, XXI asrda o‘quvchiga hayotda muvaffaqiyat olib keladigan hamma narsa kutiladi. An’anaviy yondashuvda o‘qituvchi axborot manbai hisoblanadi, o‘quvchi bilan ishlaydi, mavzuni tushuntiradi, xatolarni to‘g‘rilaydi; hozirgi kunda esa o‘quvchilar bir-biri bilan qanday ishlashi muhimroq. Ilgari asosiy e’tibor o‘qituvchiga qaratilgan va o‘qituvchi diqqat markazida bo‘lgan, endilikda esa o‘quvchining nima qilayotgani muhim.

O‘quvchilar maktabga o‘qituvchi dars mashg‘ulotini qanday olib borishini tomosha qilish uchun kelmasligi kerak, balki o‘qituvchi maktabga o‘quvchilar qanday o‘qiyotganini kuzatish va nazorat qilish uchun kelishi kerak. 45 daqiqalik dars o‘quvchini o‘zgartirishi — u o‘zida bo‘lmagan kompetensiyalarni egallashi kerak.

Faktlarni eslab qolishga asoslangan ta’limdan voz kechish, XXI asr ko‘nikmalari — jamoada ishlash, muammolarni hal qilish, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga asoslangan ta’limga o‘tish zarur. PISA tadqiqotini o‘tkazuvchi OECD (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) tahlillariga ko‘ra, aynan shu ko‘nikmalar mehnat bozorida eng ko‘p talab qilinadi.

Nima uchun ijodiy, innovatsion fikrlash qobiliyati XXI asrning muhim ko‘nikmalaridan hisoblanadi? Chunki bu mashina qila olmaydigan narsa. Ijodiy fikrlashga faqat inson — “yopiq fikrli” bo‘lmagan, yangiliklarga ochiq bo‘lgan insongina qodir. Biroq, agar biz bolaga butun o‘qish davomida nima to‘g‘ri ekanligini aytaversak, unda aynan o‘sha XXI asr ko‘nikmalari rivojlanishini kutish mumkin emas.

Zamonaviy dunyoda istalgan narsa bilim manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin: kitoblar, internet, o‘quvchilarning o‘zi. Andreas Shlyayxer (PISA tadqiqoti asoschisi, “Gazeta.uz” u bilan intervyu e’lon qilgan edi — tahr.) shunday deydi: hayotga tayyorgarlikni maktabda o‘rganganlarimizni qanchalik eslab qolganimiz emas, balki o‘zgarishlarga qanchalik tayyorligimiz belgilab beradi.

Sifatli ta’lim — bu direktor, o‘quvchilar va ota-onalar o‘zaro aloqada bo‘lgan, bir maqsad yo‘lida umumiy jamoaga birlashgan jamoaviy mehnatning mahsulidir.

Direktorlarimiz duch kelganning: vazirlik, hokimlik, prokuratura oldida javobgarlikni his qiladi. Aslida esa direktor ham, maktab o‘qituvchilari ham o‘quvchi va uning ota-onasi oldida — o‘quvchining kelajagi uchun javobgardir.

Qachonki maktablarda avtonomiya bo‘lsa, direktorlar mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lsagina, ta’lim sifati haqida gapirish mumkin. Axir, mustaqil qaror qabul qilish, jamoada ishlash ko‘nikmalari maktab direktori va o‘qituvchilarining o‘zida bo‘lmasa, maktab bitiruvchisidan qanday qilib bunday ko‘nikmalarni kutish mumkin?

Nordik xalqaro universiteti o‘qituvchisi Yoxanna Yarvelyaynen (Johanna Järveläinen) Finlyandiya ta’limining mamlakatning PISA natijalari bo‘yicha muvaffaqiyatiga hissa qo‘shadigan ayrim xususiyatlari bilan o‘rtoqlashdi.

pisa, комил жалилов, ноdaвлат ta’lim muassasalari uyushmasi, ta’lim, ферuза vaҳобоva

— Biz o‘quvchilarni PISA testlariga tayyorlamaymiz — PISA biz uchun ta’lim sifati bo‘yicha qanday holatda ekanimizni ko‘rish imkoniyatidir. PISA natijalari nafaqat ta’lim sohasi vakillari, balki ota-onalar, jamoatchilik va matbuot tomonidan ham keng muhokama qilinadi. Masalan, o‘quvchilarimizning o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha ko‘rsatkichlari pasayib ketdi, vaholanki, ular hali ham OECD o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori. Biz nima uchun bunday bo‘lganini o‘rganib, chora ko‘ryapmiz.

Farzandlarimiz va kattalar yashaydigan muhit o‘zgardi — ular ko‘p vaqtini internetda o‘tkazyapti, o‘qiydigan matnlari esa qisqardi. Biroq kitob mutolaa qilish qisqa matnlarni o‘qishdan farqli ko‘nikmalarni talab qiladi. Shuning uchun vazirlik o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihani ishga tushirdi, chunki mutolaa ta’limda muvaffaqiyatga erishishning kaliti: aynan o‘qish ko‘nikmalari o‘quvchilarning boshqa fanlar bo‘yicha natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. 1−2-sinflarda ona tili va adabiyot fanlariga ajratiladigan soatlar miqdorini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Finlyandiya ta’limining yaxshi natijalarga erishish imkonini beruvchi xususiyatlari ta’limda tenglik va sifatli ta’limdan teng foydalanish imkoniyati hisoblanadi. Biz o‘quvchilarni individual shaxs sifatida ko‘ramiz — har biri o‘z ehtiyojlariga ega va ta’limni ularning ehtiyojlariga moslashtiramiz. Biz shaxslarni tayyorlaymiz.

O‘quvchilarni axborotni tanqidiy tahlil qilishga, ular o‘rganayotgan turli fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rishga va o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatish muhim. O‘quvchilarning motivatsiyasi muhim — ular kimdir (o‘qituvchi, ota-ona) shunday qilish kerak degani uchun emas, balki maktabda oladigan ko‘nikmalarining o‘zlari uchun zarurligi, muhimligini anglab yetgan holda o‘qishlari kerak.

Shuningdek, o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashning uch bosqichli tizimi mavjud bo‘lishi ham muhim ahamiyatga ega. Bular — maktabga kirayotganida qo‘llab-quvvatlash, o‘quv jarayonida ko‘rsatiladigan umumiy qo‘llab-quvvatlash va maxsus (individual) yordam. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, vazirlik ushbu darajalarning har birining maqsad va vazifalarini yanada aniqlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

O‘qituvchilar nisbatan ko‘proq erkinlikka ega — ular ta’lim standartlarida belgilab qo‘yilgan maqsadlarga qay tarzda erishishni o‘zi hal qiladi. Qaror qabul qila olish uchun professional mahorat zarur — o‘qituvchilar uzluksiz kasbiy rivojlanish zarurligini yaxshi anglaydi va muntazam ravishda treninglarda qatnashadi. Ijodkorlik va pedagogik eksperimentlarga ochiqlik o‘qituvchilik faoliyatida muvaffaqiyat garovidir.