Toshkentda o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Turnirni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 ta oltin va 7 ta kumush medali bilan tamomladi.
Oltin:
Kattalar:
- Taxmina Ikromova, bulava
- Taxmina Ikromova, to‘p
- 3 tasma va 2 to‘pdagi guruh mashqi
- Guruh mashqining ko‘pkurash dasturi
- O‘zbekiston terma jamoasi (umumiy ochkolar bo‘yicha).
Yoshlar:
- 5 bulavadagi guruh mashqi
- 5 halqadagi guruh mashqi
- Guruh mashqining ko‘pkurash dasturi
- Lola Jurayeva, to‘p
- Viktoriya Nikiforova, halqa.
Kumush:
Kattalar:
- Taxmina Ikromova, tasma
- Natalya Usova, bulava
- Taxmina Ikromova, ko‘pkurash
- 5 halqadagi guruh mashqi.
Yoshlar:
- Mishel Nesterova, tasma
- Sofiya Usova, bulava
- O‘zbekiston terma jamoasi (umumiy ochkolar bo‘yicha).
Ma’lumot uchun, dastlabki kun guruh mashqi dasturida qizlarning qo‘lga kiritgan oltin medali Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim etgandi.