8-may kuni Mudofaa vazirligi harbiy bo‘linmalarining Toshkent ko‘chalari bo‘ylab tantanali yurishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish, yurt himoyachilarining Vatanga sadoqatini namoyish etish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarda faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirish"dan iborat, deyiladi xabarda.

Harbiy xizmatchilar quyidagi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi: G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi (Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari orqali) — Chorsu bozori — Toshkent sirki (Zarqaynar ko‘chasi) — Xalqlar do‘stligi san’at saroyi (O‘zbekiston shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chasi) — Magic City parki (Furqat ko‘chasi).

Harbiy xizmatchilar yurish paytida to‘xtaydigan Magic City parkida harbiylar va orkestrning ko‘rgazmali chiqishlari bo‘ladi.

Piyoda yurish soat 14:00 da G‘alaba bog‘i majmuasidan boshlanadi.

harbiy yurish, harbiylar, mudofaa vazirligi, xotira va qadrlash kuni