7-may kuni Rossiya hukumati prezident Vladimir Putinning lavozimga kirishishi munosabati bilan iste’foga chiqdi. Tegishli buyruqni bosh vazir Mixail Mishustin imzoladi.

Qonunga muvofiq, yaqin kunlarda Putin Davlat dumasiga yangi bosh vazir nomzodini taqdim etadi. Bu kim bo‘lishi hozircha noma’lum. Nomzod tasdiqlanadigan duma yig‘ilishi 10-mayga belgilangan.

Yangi bosh vazir tasdiqlanmaguncha avvalgi hukumatning butun tarkibi o‘z vazifasini bajaruvchi sifatida ishlashda davom etadi. Duma tomonidan tasdiqlanganidan keyin bir hafta ichida yangi bosh vazir prezidentga yangi hukumat tuzilmasi bo‘yicha takliflar kiritishi kerak.

“Meduza” manbalariga ko‘ra, Mixail Mishustin bosh vazir lavozimini saqlab qolishi mumkin. Shu bilan birga, Mishustin o‘rniga prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Sergey Kiriyenko yoki Moskva meri Sergey Sobyanin kelishi haqidagi mish-mishlar yuribdi.