Shavkat Mirziyoyev 8−9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskvaga boradi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirlar bilan bir qatorda, kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ham ishtirok etadi.

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.