Siyosat

dayjest

“Sayxunobod tajribasi” bo‘yicha ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 400 ga yaqin mas’ul ishdan olindi

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda “Sayxunobod tajribasi” doirasidagi ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun tuman darajasidagi 382 nafar mas’ul ishdan olingani ma’lum qilindi. Shuningdek, mazkur tajriba orqali aprel oyida 365 ming aholi bandligi ta’minlangani bildirildi.


Iqtisodiyot

dayjest

Yil boshidan buyon 115 ming o‘zbekistonlik mehnat migratsiyasidan qaytib keldi

2024-yilning yanvar-mart oylarida 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat migratsiyasidan qaytib keldi. Yil oxirigacha yana 250−300 ming nafar o‘zbekistonlik mamlakatga qaytishi prognoz qilinmoqda. Prezident qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriq berdi.


dayjest

Ikki viloyatda umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari quriladi

Xitoyning Universal Energy kompaniyasi Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini quradi.


dayjest

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi gaz bozorini tartibga solmaydi

Hukumat Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. U Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va gaz bozorini tartibga solish bo‘yicha funksiyalarga ega bo‘lmaydi.


dayjest

Ko‘chmas mulk tilini tushunish nima uchun muhim?

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori rivojlanishning erta bosqichida, biroq “qimmatroqqa sotish uchun arzonroq sotib olish” tendensiyasi o‘zgarmoqda. Endilikda binolardan samarali foydalanishga bo‘lgan talab ortmoqda. Bu nega muhim va uni qanday o‘rganish mumkin — ko‘chmas mulk bo‘yicha ekspert Denis Sokolov ruknida.


dayjest

Issiqxonalar uchun ko‘mir qozoni sotib olish xarajatlarining 20 foizini davlat qoplab beradi

Issiqxona xo‘jaliklari samaradorligini oshirish uchun ularga ma’lum mutaxassislarni yollash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini va ko‘mir qozoni sotib olish xarajatlarining 20 foizigacha qismini qoplash taklif etilmoqda.


Jamiyat

dayjest

Samarqandda 15 yoshli qiz ona bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toyloq tumanida 15 yoshli qiz o‘zi bilan yaqin munosabatda bo‘lgan 18 yoshli yigitdan farzand ko‘rdi. Holat yuzasidan 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik to‘xtaydi

Shanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, harorat +19…+23 daraja atrofida bo‘ladi. Yakshanbada esa respublikaning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, harorat +28 darajagacha ko‘tariladi. Joylarda chang-to‘zonli shamollar kuzatilishi mumkin.


dayjest

3 yildan beri oshmagandi — Maktabgacha ta’lim agentligi bog‘cha to‘lovi oshgani haqida

Maktabgacha ta’lim agentligi davlat bog‘chalarida to‘lovlar oshirilayotganini izohlab, tariflar 3 yildan beri o‘zgarmagani, shu bilan bir vaqtda, oziq-ovqat, kommunal xizmatlar va boshqa to‘lovlar oshganini ta’kidladi. Bundan ovqatlantirishning sifatini yaxshilash ham maqsad qilingan, deydi agentlik vakili.


dayjest

2023-yil boshidan beri lazer nurlarining samolyotlarga yo‘naltirilishi bo‘yicha 16 ta holat qayd etildi

O‘zbekistonda 2023-yil boshidan 2024-yil martigacha samolyotlarga lazer nurlarining yo‘naltirilishi bilan bog‘liq 16 ta holat qayd etildi. Lazer nurlari odamni ko‘r qilishi, shuningdek, yo‘lovchilar va samolyot ekipaji a’zolarining hayoti hamda sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin.


dayjest

Surxondaryoda 1 tonnadan ortiq iste’molga yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan reydda veterinariya hujjatlarisiz 1015 kilogramm mol go‘shti aniqlandi. Ular iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum bo‘lgach, belgilangan tartibda yo‘q qilindi.


dayjest

O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar tergovini nazoratga oldi

O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar tergovini nazoratga oldi. Diplomatik missiya vaqtincha hibsga olingan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazish choralarini ko‘rmoqda.


dayjest

Har bir hududda uy-joylarni renovatsiya qilish loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekiston hududlarida uy-joylarni sinov tariqasida renovatsiya qilish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Misol tariqasida Toshkentning Oqtepa massividagi loyiha keltirilgan. Renovatsiya to‘g‘risidagi qonunni iyun oxirigacha ishlab chiqish belgilandi.


dayjest

Buxoro viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Podpolkovnik Ikromjon Tursunov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ushbu lavozimda u 2023-yilning fevralida tayinlangan Mirjamol Miralimov o‘rnini egalladi.


dayjest

O‘zbekistonda ipak olishning muqobil — Xitoy tajribasiga asoslangan usuli yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda Xitoyda bo‘lgani kabi kanakunjut qurtini parvarishlab, undan ipak olish usuli yo‘lga qo‘yiladi. Prezident O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut o‘simligi va qurti urug‘larini olib kelib, sinov ishlarini boshlashni topshirdi.


dayjest

Sirdaryo hokimi prezident topshirig‘iga ko‘ra urush qatnashchisiga uy sovg‘a qildi

O‘zbekiston prezidenti Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi boyovutlik otaxon bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan otaxonga uy sovg‘a qilishni Sirdaryo viloyati hokimiga topshirgandi. Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qilib, kalitini topshirdi.


dayjest

O‘zbekiston viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, toshqinlar yuz berdi — video

10-may kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel-suv toshqinlari yuz berdi. Avtomobil yo‘llari, ekin maydonlarini suv bosdi, daraxtlar quladi. Jala tufayli Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi. “Gazeta.uz” yog‘ingarchilik va u yetkazgan talafot aks etgan videolarni havola etadi.


Madaniyat

dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (11−12-may)

Oltita kinopremyera, kofe va choy festivali, Ozoda Nursaidova konserti, art-bozor, kaktuslar ko’rgazmasi, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil aprelida: “Aktivist” tugadi, “subyektiv” ketdi, “Lolazor” qaytdi va kimdir “Soqqa” qilishni boshladi

“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Aprel oyida o‘zbek YouTube’da ikkita katta burilish bo‘ldi, tanaffusga chiqqanlar qaytdi va, har doimgidek, yangi loyihalar ham paydo bo‘ldi.


Sport

dayjest

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi rahbari Bahodir Sidiqov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bungacha sport tashkilotiga Mehriddin Abdullayev rahbarlik qilgan, u ham 2023-yilning martigacha “O‘zbekneftgaz"ni boshqargan.


Jahon

dayjest

Armanistonda bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilib namoyishlar o‘tkazilmoqda

Yerevanda fuqarolik itoatsizligi aksiyalari boshlandi. Namoyishchilar Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, Ozarbayjonga hududiy yon berishlariga qarshi chiqmoqda.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!