1-may kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida kompyuter tarmog‘i muhandisi tok urishi oqibatida vafot etdi. Baxtsiz hodisani o‘rganish yuzasidan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i buyrug‘i e’lon qilindi.

Georadar MCHJning 3-maydagi xabarnomasida ma’lum qilinishicha, soat 17:20 larda tumanning Universitet va Salar ko‘chalarining chorrahasidagi ustunga avtomobil radarini o‘rnatish ishlari olib borilayotgan bo‘lgan.

Jarayonga jalb qilingan 26 yoshli muhandis yigit 6,5 metr balandlikdagi elektr simlarini ulash jarayonida havo
elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketgan, oqibatda jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Hodisani o‘rganish yuzasidan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori raisligida MJCH direktori va vakili hamda sug‘urta kompaniyasi a’zosidan iborat maxsus komissiya tuzildi.