Siyosat
O‘zbekistonning yangi elchisi Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
2023-yil noyabr oyida Londonga yangi elchi sifatida yetib borgan Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Malayziya bosh vaziri O‘zbekistonga keldi (foto)
Juma kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimni aeroportda hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Ular “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Hukumat rahbari kunning 2-yarmida “Ko‘ksaroy” qarorgohida oliy darajadagi tadbirlarda qatnashadi.
Qozog‘iston prezidenti “Markaziy Osiyo davlatlarini bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlarga” qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi
Qozog‘iston prezidenti Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari kotiblari bilan bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda “mintaqa davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va ularni bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlarga birgalikda qarshilik ko‘rsatishga” chaqirdi.
Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisi 18-may kuni chaqiriladi
Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisi 18-may kuni o‘tkaziladi. Unda Soliq kodeksining 227−1-moddasiga o‘zgartirish kiritish, davlat mulkini ijaraga berishda ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish muhokama qilinadi. Markaziy bankining 2023-yildagi hisoboti eshitiladi.
Ziyorat turizmi, islom moliyasi, “Halol” sertifikatlashtirish — O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi
O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri islom moliyasi, “Halol” sertifikatlashtirish, sun’iy intellekt, turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Ziyorat turizmi bo‘yicha “Umra plyus” dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Prezident O‘zbekiston-Malayziya sanoat zonasini tashkil etishga tayyorligini aytdi.
Iqtisodiyot
Nega turar joy majmualari quruvchi tashkilotlar taqdim etgan loyihaga mos kelmaydi? Arxitektor fikri
Yangi turar joy sotib olganlar obyektlari qurilishdan oldin taqdim etilgan loyihalarga mos kelmasligidan doimo shikoyat qiladi. “CaEX Bizning uylar 2024” ko‘rgazmasi davomida arxitektorlar nomutanosibliklarga nima sabab bo‘lishi va o‘zlari qanday muammolarga duch kelishi haqida gapirib o‘tdi.
BNQIZ noyabr-dekabrdan Ai-80 o‘rniga Ai-91 va Ai-92 benzinlarini ishlab chiqarishga o‘tishni boshlaydi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi noyabr-dekabr oylarida Ai-91 va undan yuqori turdagi benzinni ko‘proq ishlab chiqarishni boshlaydi, 2025-yil boshidan esa Ai-80 ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish rejalashtirilgan, dedi “O‘zbekneftgaz” AJ rahbari o‘rinbosari Odil Temirov.
“Vaqt o‘tishi bilan progressiv soliq shkalasi haqida o‘ylash mumkin bo‘ladi” — Soliq qo‘mitasi vakili
DSQning Strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Timur Ismoilov aksar xorijiy mamlakatlarda soliq yig‘ish bo‘yicha yagona stavka qo‘llanmasligini ta’kidladi. “Vaqt o‘tishi bilan, tizim butunlay mustahkamlangandan so‘ng soliqqa tortishning progressiv shkalasiga o‘tish haqida o‘ylash mumkin”, — dedi u.
Jamiyat
“Bu — ham bolalikdan qiziqish, ham ota kasb”. 22 yoshli traktorchi qiz bilan suhbat
Soyibobodlik 22 yashar Ziyoda Jo‘raboyevani Guliston tumanida ko‘pchilik taniydi. U besh yildan beri traktor haydaydi. “Odam hayotga bir marta keladi, shu bois o‘z qiziqishi bilan yashashi kerak”, — deydi u. “Gazeta.uz” muxbiri Sirdaryoga borib, traktorchi qiz bilan suhbatlashdi.
“Qancha emas, qanday yashash muhim”. To‘quvchi Feruza Shodjonova hikoyasi
U opasi kabi orqa mushak atrofiyasi tashxisi bilan tug‘ilgan. Shu kasallik sabab 12 yoshida opasidan ayrilgan — shifokorlar uning ham ko‘p yashamasligini aytgan. Ammo u hayotga tashnaligi sabab, to‘qish bahona, o‘z o‘rnini topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu hikoya — “Iroda” loyihasining ilk qahramoni Feruza Shodjonova haqida.
Dam olish kunlari harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi
O‘zbekistonda dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat +17…+22 darajagacha pasayadi. Joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkin.
“11 metrdan tepolmaganning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim”. Prezident U-23 finalini esladi
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha Yaponiyaga qarshi U-23 finalini eslab, jamoa penaltidan unumli foydalana olmay, mag‘lub bo‘lgach, 3 kun uxlamay chiqqanini aytdi. “Uning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim. Bittagina to‘p-a!” degan prezident jamoaning Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olganini katta yutuq deb atadi.
Toshkentda o‘gay onasining qiynoqlari sabab uyidan chiqib ketgan bolaga yordam ko‘rsatildi
Toshkentda o‘gay onasining qiynoq va zulmlari sabab uyidan chiqib ketgan voyaga yetmagan bola ijtimoiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Bola qarovsiz qolishi natijasida uning ta’lim olishi va tarbiyasi izdan chiqib ketgan, deb yozdi IHMA.
O‘zbekistonda “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi
O‘zbekistonda eng qadimgi o‘tmishdan to yaqin tarixgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi. “Agar tariximizni dunyoga tarannum etmoqchi bo‘lsak, xalqimizning milliy g‘ururini ko‘tarmoqchi bo‘lsak, buni birinchi navbatda kino yordamida amalga oshirishimiz kerak”, — dedi prezident.
Andijonda 80 sotix yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 80 sotix noturar yerni 160 ming dollarga, Samarqand viloyati Payariq tumanida 2,1 gektar yerni 36 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan ikkita modda bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
DXX Toshkentda jangovar qurollar saqlagan shaxslarni qo‘lga oldi
Toshkent shahrida Rossiyadan olib kelingan 3 dona Makarov, 1 dona TT pistoleti va patronlarini saqlab kelgan shaxslar ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Jizzaxda uchta yuk mashinasi to‘qnashdi
Sharof Rashidov tumanida 2 ta Howo va Sany yuk mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
O‘zbekistonda ELLE xalqaro nashri ish boshlaydi
O‘zbekiston bozoriga ELLE media brendi kirib keladi. ELLE O‘zbekiston xodimlarni ishga qabul qilishni boshladi.
Toshkent viloyatida 5 tup chinor kesganlar qamaldi
O‘rta Chirchiq tumanida 5 nafar shaxs 5 tup chinor daraxtini kesib, bozorda sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Sud ularning ikki nafariga 2 yil, uch nafariga esa 1 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Iyundan ayrim poyezdlarning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
3-iyundan Andijon-Termiz va Toshkent-Andijon, 6-iyundan esa Andijon-Qo‘ng‘irot yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnay boshlaydi.
Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi.
Uzbekistan Airways Haj mavsumi uchun 124 ta charter yo‘lovchi parvozini amalga oshiradi
Uzbekistan Airways “Haj-2024” dasturi doirasida 124 ta charter yo‘lovchi parvozini amalga oshiradi. 15 ming 130 nafar ziyoratchi Boeing 767 samolyotlarida tashilishi, ularga aeroportda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida issiq nonushta, parvoz davomida esa maxsus taomlar tarqatilishi rejalashtirilgan.
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan ikki yoshli qizcha O‘zbekistonga qaytarildi
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik ikki yoshli qiz vataniga qaytarildi. U yordam so‘rab bolalar ombudsmaniga murojaat qilgan buvisining qaramog‘iga topshirildi.
Qozog‘istonda Rossiya qonunchiligini buzgan O‘zbekiston fuqarolarini hibsga olish boshlandi
Qozog‘iston hukumati Rossiya qonunchiligini buzgan yoki jarima to‘lamagan O‘zbekiston fuqarolarini hibsga olishni boshladi. Avvalroq TIV Qozog‘iston va Rossiya ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etishga kelishib olgani haqida ogohlantirgan edi.
O‘zbekiston fuqarolari 2023-yilda avvalgi yilga nisbatan 16,7 foiz ko‘proq Shengen vizalarini oldi
Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston fuqarolari Shengen vizasini olish uchun 46,5 mingta ariza topshirdi (+17,7 foiz), shundan 38,33 ming nafar murojaatchi ijobiy javob oldi, bu 2022-yilgi ko‘rsatkichdan 16,7 foizga ko‘proq. Shuningdek, rad etilgan arizalar ulushi biroz oshgan.
“Iste'molchilarning ichimlik suvidan 1 trln so‘m qarzi mavjud” — “O‘zsuvta'minot”
O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan qarzdorligi 1 trln so‘mni tashkil etmoqda. Shundan, 740,5 mlrd so‘mi jismoniy, qolgani esa yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. “O‘zsuvta'minot” vakiliga ko‘ra, eng ko‘p qarzdor hududlar Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlari hisoblanadi.
Tabiiy chang — Toshkent havosi ifloslanishining asosiy sababi — Ekologiya vazirligi
Ekologiya vazirligi Toshkent atmosferasida PM2,5 zarrachalari ko‘payishining sabablarini sanadi. JB hamkorligidagi o‘rganishlarda havo ifloslanishi asosan tabiiy chang (36 foiz) tufayli yuzaga kelayotgani aniqlangan. Bundan tashqari, issiqlik ta’minoti, transportlar va sanoat korxonalari ham o‘z ulushiga ega.
Farg‘onada qo‘rqitib qo‘yish uchun yosh bolani mashina yukxonasiga qamab qo‘ygan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida uyi derazasini tosh otib sindirgan qo‘shni bolani qo‘rqitib qo‘yish uchun mashinasi yukxonasiga solib harakatlangan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Madaniyat
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (18−19-may)
To‘qqizta kinopremyera, “Teplo” yarmarkasi, Tohir Sodiqov, “Yulduzli oqshom” konsertlari, ijodiy mahorat darslari, spektakllar, “Yevropa kuni” festivali va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Jahon
Ukraina Rossiyaning Xarkov viloyatidagi hujumini barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘ldi
Ukraina qo‘shinlari Xarkov viloyatining shimolida Rossiya armiyasining hujumi bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirdi, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “bugungi kunda” Rossiyaning Xarkovni olish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!