Siyosat
Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilib, Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini muhokama qildi.
Prezident Eron elchixonasiga borib, hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozdi
Shavkat Mirziyoyev Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, prezident Ibrohim Raisiy vafoti munosabati bilan Eron xalqiga hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozib qoldirdi.
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi
Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston va O‘zbekistonning ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, fuqaro mudofaasi va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi
22-may kuni Eronda o‘tadigan marhum prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Unga Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.
Iqtisodiyot
“O‘zsanoatqurilishbank” xalqaro bozordan 3 mlrd dollardan ortiq mablag‘ jalb etmoqchi
2024-yilda “O‘zsanoatqurilishbank” xalqaro moliya bozoridan 3,1 mlrd dollarlik qarz mablag‘larini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Milliy bank zargarlik va xizmat ko‘rsatish sohalarida umumiy qiymati 6 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish niyatida, deya xabar qildi prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston yanvar-aprel oylarida 462,8 mln dollarlik gaz import qildi
2024-yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekistonga gaz importi 460 mln dollardan oshdi (aprelda — 102,6 mln dollar), bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobar ko‘p. Bu davrda “moviy yonilg‘i” eksporti 52,3 mln dollarni tashkil etdi. Yetkazib berishdagi farq 410 mln dollarga yetdi.
Aprelda O‘zbekistonda gaz, neft, ko‘mir, benzin va dizel ishlab chiqarish kamaydi
O‘tgan oyda O‘zbekistonda gaz (-6,1 foiz), ko‘mir (-25,8), neft (-1,3), benzin (-12,5) va dizel (-12,5) ishlab chiqarish hajmi 2023-yil apreliga nisbatan kamaydi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 27,6 foizga oshdi.
Yil boshidan buyon oltin eksporti 3,42 mlrd dollarga oshdi
Yil boshidan buyon O‘zbekiston 3,42 mlrd dollarlik oltin eksport qildi, bu o‘tgan yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 11,8 foizga ko‘p. Ushbu qimmatbaho metallning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 40 foizdan oshdi.
Jamiyat
Toshkentda Matiz urib yuborgan piyoda vafot etdi
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Matiz yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi, u voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sirdaryodagi internat uyida ruhiy nosog‘lom bemorni mazax qilgan xodimlar ishdan olindi
Sirdaryo viloyatidagi “Muruvvat” uyida autsorsing asosida ishlayotgan xodimlar muassasada davolanayotgan aqli zaif bemor ayolni mazax qilib, buni videotasvirga olgani aniqlandi. Ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, IIB surishtiruv ishlarini boshladi.
Samarqanddan Toshkentga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi, ayrim yo‘nalishlarda qatnov vaqti o‘zgardi
24−26-may kunlari Samarqanddan Toshkentga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Buxoro va Qarshidan qatnovchi poyezdlarning harakat vaqtiga o‘zgartirish kiritildi.
Qashqadaryoda Telegram`da havola yuborish orqali o‘zganing bank kartasidan pul o‘g‘irlagan yigit ushlandi
Qashqadaryo viloyatida 52 yoshli ayolning bank kartasidan 2 mln so‘m o‘g‘irlandi. Bu jinoyatni shu viloyatda yashovchi yigit ayolga Telegram`da havola yuborish va karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali sodir etgani ma’lum bo‘ldi.
Qashqadaryoda ekilmagan 48,3 ming tup daraxtni ekilgan sifatida qo‘shib yozish holati aniqlandi
Qashqadaryo viloyatida ekilmagan 48 348 tup daraxt qo‘shib yozilgani, Andijonda 1128 tup daraxt sug‘orilmaydigan yerlarga ekilgani yuzasidan mansabdorlarga nisbatan chora ko‘rildi. Toshkentda esa 175 tup qimmatbaho daraxtlarni qarovsiz qoldirib, nobud qilingani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Toshkentda reydlar davomida ushlangan yana uch nafar shaxsga hukm o‘qildi
Sud o‘tgan yil oxirida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan reydlarda ushlangan yana uch nafar shaxsga nisbatan hukm o‘qidi. Xasan va Xusan Sabirdjanovlar qariyb 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, Marat Urazovga salkam 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Toshkentdagi KHAY va Qorasaroy ko‘chalari bir qismi yana 4 kechaga yopiladi
Poytaxtdagi Kichik halqa avtomobil yo‘li, shuningdek, Qorasaroy ko‘chasining bir qismi 26-maygacha soat
Qibraydagi 6 gektar maydonda chiqindi poligoni quriladi
Toshkent viloyati Qibray tumanida maishiy chiqindi poligoni quriladi. Buning uchun “May” MFY hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 6 gektar yer maydoni ajratiladi.
Sport
Parijdagi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun 3 oyda 73,3 mlrd so‘m sarflandi
Milliy olimpiya qo‘mitasi sport tashkilotlari bilan birga Parijda o‘tadigan yozgi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun yanvar-mart oylarida 73,3 mlrd so‘m mablag‘ sarfladi. Bu sportchilarning tayyorgarligi, ularga anjom va inventarlar xarid qilish, tashkilotlarning ustav xarajati va boshqalar uchun yo‘naltirildi.
Jahon
Eronda 28-iyunda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi
Eronda prezident Ibrohim Raisiy vafotidan keyin navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 28-iyunga belgilandi.
YeI Kengashi sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha dunyodagi birinchi qonunni ma’qulladi
Yevropa Ittifoqi Kengashi sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi dunyodagi birinchi qonunni ma’qulladi. Uning asosida xavf-xatar asnosidagi yondashuv yotadi: jamiyat uchun xavf qanchalik yuqori bo‘lsa, qoidalar shunchalik qattiqroq bo‘ladi. Hujjat bir oydan keyin kuchga kiradi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!