Iqtisodiyot
O‘zbekistonga neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir va elektr importi keskin oshdi
O‘zbekistonda import ketma-ket ikkinchi oy pasayib, 2023-yil iyul oyidan beri minimum darajaga tushdi. Shunga qaramay, yanvar-aprel oralig‘ida neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir, elektr energiyasi, sabzavot va mevalar, shuningdek, avtomobillar importi oshdi.
Toshkentdan Budapeshtga muntazam aviareyslar qo‘yiladi
Qanot Sharq kompaniyasi 30-iyundan O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida haftasiga bir marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. sentabrdan esa qatnov haftada ikki martagacha oshirilishi mumkin.
O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi o‘sishi tezlashdi, qo‘shni davlatlar bilan savdo hajmi pasayishda davom etmoqda
Yanvar-aprel oralig‘ida O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi hajmi 29,3 foizga oshdi, buning natijasida Rossiya mamlakatning yana asosiy savdo hamkoriga aylanishi mumkin. Qo‘shni davlatlar, shuningdek, Turkiya, Janubiy Koreya va Germaniya bilan tovar aylanmasi kamaymoqda. Fransiyaga eksport 2,2 barobar oshdi.
O‘zbekiston banklari valyuta kursining o‘zgaruvchanligini moliya tizimi uchun asosiy xavf deb hisoblamoqda
Markaziy bank tomonidan banklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, valyuta kursining o‘zgaruvchanligi O‘zbekiston moliya tizimi uchun asosiy tizimli xavf hisoblanadi. Bundan tashqari, inflyatsiyaning tezlashishi, geosiyosiy vaziyatning keskinlashishi va boshqalar ham keltirilgan.
Jamiyat
Toshkent viloyatida avtobus g‘ildiraklari orasidan 1,8 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi
Toshkent viloyatining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan avtobus qo‘shimcha g‘ildiragining ichki qismida yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd 770 mln so‘mlik 59 kg zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Xorazmda dars vaqti gaplashib o‘tirgan o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi
Tuproqqal’a tumanida dars vaqti gaplashib o‘tirgan ikki nafar o‘quvchiga tanbeh berib, ularni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi.
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Moskva viloyatidagi yotoqxonada yong‘in yuz berib, oqibatda 8 kishi halok bo‘ldi. Elchixona ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi, vafot etganlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilayotganini bildirdi.
Toshkent ko‘chalarini yana suv bosdi — video
Juma kuni bir necha soat davom etgan yomg‘irlar Toshkent ko‘chalarini yana suv bosishiga olib keldi. Oqibatda yo‘llarda, ko‘p qavatli uylar hovlilarida harakat qiyinlashdi, piyodalar va bekatlardagi yo‘lovchilar suv ustidan yurishga majbur bo‘ldi. Hodisa oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Video.
Dam olish kunlari o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi
Shanba kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, havo harorat +26…+29 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni aksariyat hududlarda yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda, biroq harorat +17…+22 darajagacha pasayadi.
Firibgarlik va odam savdosida ayblanib Turkiyada ushlangan shaxs O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
Firibgarlik va odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgan 45 yoshli shaxs Turkiyada qo‘lga olingan edi. U payshanba kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Jizzaxda tez yordam mashinasi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni urib ketdi
Jizzax shahrida tez tibbiy yordam mashinasi yo‘lning belgilangan qismidan kesib o‘tayotgan 48 yoshli ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi reanimatsiyaga yotqizildi.
Farg‘onada traktor boshqarayotib poyezd bilan to‘qnashgan maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida traktor boshqarish jarayonida poyezd yo‘liga chiqib ketgan 9-sinf o‘quvchisi vagonlar bilan to‘qnashuv oqibatida halok bo‘ldi.
Namanganda salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lgan erkak 5 yilga qamaldi
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi chegarada 34 yoshli erkak salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘ldi. Sud hukmi bilan u 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, pullar davlatga o‘tkazildi.
Toshkent viloyatida 4 ta mashina ishtirokidagi YTHda ikki haydovchi halok bo‘ldi
Keles-Toshkent yo‘nalishida Toyota Prado haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi Cobalt, Damas va Spark mashinalari bilan to‘qnashdi. Oqibatda Toyota va Cobalt haydovchilari voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Toshkentda uy eshiklarini poylagan yigit 5 sutkaga qamaldi
Yarim tunda Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy xonadonlarini poylab, ko‘z tirqishidan qaragan 24 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. U sudda uy yaqinidan o‘tib ketayotganida kimdir yordam so‘rab chaqirgani, shuning uchun o‘sha qavatga chiqib, eshiklarni poylaganini aytgan.
Farg‘ona viloyatida 18 yoshli yigit boshqa bir yigitga o‘tkir tig‘li jism bilan hujum qildi
Marg‘ilon shahrida 2006-yilda tug‘ilgan yigit o‘zidan 6 yosh katta fuqaroga o‘tkir tig‘li jism bilan hujum qildi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi. Jarohatlangan yigitning hayoti saqlab qolindi.
Samarqanddan Toshkentga 27 va 28-may kunlari qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari yo‘lga qo‘yildi
27 va 28-may kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident bitiruvchilarga: “Hech qachon ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang”
Prezident maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigida ularning har biri o‘ziga xos ekanini ta’kidlab, orzu qilishdan to‘xtamaslikka, xatolardan saboq olishga chaqirdi. U yangi g‘oyalar va ishtiyoq nafaqat ularning, balki butun O‘zbekistonning hayotini o‘zgartirishi mumkinligini aytdi.
Madaniyat
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (25−26-may)
4 ta kinopremyera, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” munosabati bilan bepul konsertlar, Jaloliddin Ahmadaliyev konserti, yarmarkalar, spektakllar, chegirmalar, ko‘rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Sport
Alisher Yusupov dzyudo bo‘yicha jahon chempionati sovrindori bo‘ldi
BAAda o‘tgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining yakkalik bahslarini o‘zbekistonliklar 2 ta medal bilan yakunladi. Unda Alisher Yusupov +100 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Avvalroq Diyora Keldiyorova kumush medal olgandi.
Futzal bo‘yicha JCH qur’asi o‘tkazilishi sabab Samarqanddagi Registon maydoni vaqtincha yopiladi
Samarqand shahrida futzal bo‘yicha Jahon chempionatining qur’a tashlash marosimi o‘tkazilishi munosabati bilan Registon ansambliga kirish 24−25-may kunlari cheklanadi, 26-may kuni esa maydon yopiladi.
Jahon
AQSh Gruziyadagi “demokratiyaga putur yetkazuvchilar"ga nisbatan viza cheklovlarini kiritmoqda
AQSh Davlat departamenti bahslarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonunga javoban Gruziyadagi “demokratiyaga putur yetkazish"da aybdor bo‘lganlarga nisbatan viza cheklovlarini joriy qilmoqda. Gruziyadagi muxolifat va mahalliy OAV bu hujjat Rossiya qonunchiligiga o‘xshash ekanidan norozi.
Putin Ukrainadagi urushni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab tugatishga tayyor, lekin u jang qilishga ham qarshi emas — Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozirgi front chizig‘ini saqlab qoluvchi sulh tuzish orqali Ukrainadagi urushni to‘xtatishga tayyor, deb yozdi Reuters. Agar Ukraina va G‘arb bunga rozi bo‘lmasa, Putin urushni davom ettirishga ham tayyor.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!