Siyosat
Davlat organlariga xorijiy ekspertlarni jalb etish shaffof va samarali bo‘lishi kerak
Davlat organlari turli sohalar bo‘yicha 50 dan ortiq xorijiy konsultantlarni jalb qilgan. Tahlilga ko‘ra, odatda ular uchun KPI belgilanmaydi, tizimli tahlil, tavsiyalarni amalga oshirish tartibi va ochiq hisobot mavjud emas. Prezidentning yangi qarori mana shu muammolarni hal etishga qaratilgan.
Iqtisodiyot
Kolonka. Byurokratiyadan biznesga qarab: O‘zbekistonda litsenziyalash tizimini isloh qilish
Litsenziyalash tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasa, bu omil mamlakatda biznes yuritish va rivojlantirishga jiddiy to‘siq bo‘ladi. Davlat xizmatlari ko‘rsatishni isloh qilish bo‘yicha xalqaro ekspert Giorgiy Sxakaya o‘z kolonkasida islohotlarni qanday to‘g‘ri olib borish haqida hikoya qiladi.
O‘zbekiston 2026-yilgacha JSTga a’zo bo‘lmoqchi
“O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha o‘z majburiyatlarida sobit, bunga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. JSTning rasmiyga tayanib bildirishicha, O‘zbekiston 2026-yilgacha tashkilotga a’zo bo‘lishni reja qilmoqda.
Uchta davlat bankining Tashkent City`dagi ko‘p qavatli biznes markazlari sotiladi
Davaktivga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB), “Asakabank” va “Aloqabank"ning Tashkent City`dagi yangi binolari investorlarga sotiladi. Banklar ushbu “premium toifa"dagi loyihalarga kamida 339 mln dollar mablag‘ kiritgan. SQB filiallaridan biri o‘rnida 21 qavatli bino qurmoqchiligini ma’lum qilgandi.
Prezident Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Prezident Soliq kodeksining 227−1-moddasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonunni imzoladi. Bu modda bo‘yicha jarima choraklik sof tushumning 100 foizidan 2 foizigacha kamayadi.
“Asakabank” 2024-yilda tadbirkorlikni rivojlantirishga 2,1 mlrd dollar, BRB esa 1,5 mlrd dollar jalb qilmoqchi
“Asakabank” biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 2024-yilda 2,1 mlrd dollar jalb qilishni, “Biznesni rivojlantirish banki” esa investitsiya loyihalariga 1,5 mlrd dollar ajratishni reja qilmoqda. Bank faqat kredit beradigan markaz emas, zamonaviy investitsiya-tijorat tuzilmasi bo‘lishi kerak, dedi prezident.
2023-yilda O‘zbekistonga 30 ta davlatdan salkam 200 mln dollarlik gumanitar yordam yuklari keldi
2023-yilda O‘zbekistonga 30 ta davlatdan umumiy qiymati 197 mln 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib keldi. U asosan Germaniya, Xitoy, Shveysariya, AQSh va Belgiyadan yuborilgan va katta qismi sog‘liqni saqlash sohasiga to‘g‘ri keladi.
Tashkilot, hudud va binolar uchun energiya samaradorligi reytingini joriy etish taklif qilinmoqda
Prezidentga iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Energiya auditini o‘tkazishning yangi tartibi yo‘lga qo‘yiladi, rahbarlarga energiya samaradorligi bo‘yicha KPI`lar o‘rnatiladi, tashkilotlar, hududlar va binolar uchun energiya iste’moli reytingi joriy etiladi.
O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 35 mlrd dollarga yetdi
2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi bir yil davomida 5,7 mlrd dollarga o‘sib (reja qilingan 2,9 mlrd dollar o‘rniga), 34,9 mlrd dollarga yetdi. Olti yil ichida qarz 3 baravar oshdi. O‘tgan yili davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari keskin ortdi.
Jamiyat
Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi
2024−2025 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyunda boshlanib, 25-iyunga qadar davom etadi. Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.
Toshkent viloyatida 6 kg sintetik narkotik modda aylanmasiga chek qo‘yildi (video)
Bo‘stonliq tumanida avtomobil ehtiyot qismi ichidan taxminiy narxi 4,8 mlrd so‘m bo‘lgan 6 kg sintetik giyohvandlik vositasi topildi. Moddalar Telegram bot yordamida Qirg‘izistondan yetkazib berilgani aniqlandi.
Issiqlik quvurini almashtirish ishlari tufayli Sergelidagi ayrim yo‘llar kamida bir oyga yopildi
Toshkent shahri Sergeli tumanida uzunligi 510 metr bo‘lgan eskirgan issiqlik quvurini yangilash ishlari boshlandi. Shu munosabat bilan hududdagi ayrim yo‘llarda transport harakati kamida bir oyga cheklandi (xarita).
DXX Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan 78 kg giyohvandlik vositasini musodara qildi (video)
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida jami 78 kg giyohvandlik vositalarini musodara qildi. Giyohvand moddalar Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingani aniqlandi. Video.
YUNISEF Qashqadaryoga kislorod uskunalarining birinchi partiyasini yetkazib berdi
YUNISEF Qashqadaryo viloyatiga 150 ming ona-bolaga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun kislorod uskunalarining birinchi partiyasini yetkazdi. Ular yordamida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning omon qolish ko‘rsatkichlari oshishi ta’kidlandi.
Jahongir Azimov Mass-media fondi direktori bo‘ldi
Jahongir Azimov Milliy mass-media fondi direktori etib tayinlandi. U avval “Dunyo” axborot agentligi va “Gazeta.uz” nashrida ishlagan hamda Toshkentdagi Vebster universitetida dars bergan. Akramjon Fozilov mazkur fondning vasiylik kengashi raisi bo‘ldi.
Toshkentdagi sobiq MXX binosidagi daraxtlarni ko‘chirishga mas’ul kompaniya rahbari fotografga to‘sqinlik qilib, energetik ichimlik sepdi
Ekologiya vazirligi sobiq MXX binosi hududidagi eman daraxtlarini Ulug‘bek qishlog‘iga ko‘chirishga ruxsat bermagan (bunday tartib yo‘q). Jarayonga mas’ul kompaniya rahbari ko‘chirilgan daraxtlarni suratga olmoqchi bo‘lgan fotografga to‘sqinlik qildi. U o‘zini agressiv tutib, fotografga energetik ichimlik sepdi.
Xorazmda “shikoyatchi fuqarolar” ro‘yxati tuzildi — OAV
Xorazm viloyatida “shikoyatchilar” ro‘yxatlari shakllantirilib, unga “ariza tashkillashtirishni odat qilib olgan va norozi kayfiyatni kuchaytirishga harakat qiladigan” 44 nafar fuqaro kiritildi, deb yozdi Kun.uz. Bunday ro‘yxatlar qonunchilikka zid va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!