Samarqandda mahalliy aholiga do‘stlari ko‘magida AQShga ishlashga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qo‘lga olingan I.S. AQShga viza tayyorlab berishni ham va’da qilib, xizmatlari uchun 50 ming dollar talab qilgan. U 45,6 ming dollarni avans sifatida olayotganda vaqtda ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.