Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan ikki nafar tadbirkor tabiiy gazdan foydalanganlik uchun noqonuniy qarzdorlik yozilgani to‘g‘risida murojaat qildi.

Aprel oyida Toshkent viloyatida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi faoliyatini ko‘rsatuvchi korxona qo‘mitaga murojaat qilib, “Hudugazta’minot” filiali 9,6 milliard so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblaganidan norozilik bildirgan.

Hududgazta’minot korporativ tizimi elektron dasturida olib borilgan o‘rganishlar natijasida qarzdorlik bartaraf etildi.

Yana bir holatda mart oyida Sirdaryo viloyatida yoqilg‘i quyish shoxobchasiga egalik qiluvchi korxona ham “Hudugazta’minot” asossiz ravishda 5,3 milliard so‘m penya hisoblaganini bildirgan.

Bu tadbirkorning ham qarzi bekor qilindi.

“Qo‘mita tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishda vakolat doirasida amaliy yordam ko‘rsatishga doimo tayyor ekanligi bildiriladi”, — deyiladi xabarda.