O‘zbekistonda yoz faslining birinchi kunlari quruq va juda iliq ob-havo bilan boshlanadi, deya xabar berdi O‘zgidromet xizmati agentligi.

Shanba va yakshanba kunlari havo harorati kechalari 14−19 daraja iliq, kunduzi 31−34 daraja issiqni tashkil etadi.

Poytaxtda esa havo asosan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat dam olish kunlari kechalari 16−19 daraja, kunduzi 31−34 daraja issiq bo‘ladi.