3-iyun kuni soat 10:00 da jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida Baxtiyor Qudratullayev (Baxti Tashkentskiy) va yana 36 kishiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi raisi T.Obidov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqiladi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar quyidagilar:

  1. Baxtiyor Qudratullayev
  2. Shuhrat Qudratullayev (Baxti Tashkentskiyning akasi)
  3. Ixtiyor Qudratullayev (Baxti Tashkentskiyning o‘g‘li)
  4. Sh. Kurbanov
  5. B.Zafarov
  6. Sh.Rahimov
  7. A.Xodjayev
  8. D.Sharipov
  9. A.Mirzaxanov
  10. Sh.Sulaymonqulov
  11. A.Norkulov
  12. S.Xatamov
  13. N.Jumaniyazova
  14. R.Shakurov
  15. T.Turmonov
  16. F.Vapayev
  17. M.Nasirxodjayev
  18. D.Mo‘minxo‘jayev
  19. M.Usmonboyev
  20. M.Shodmanov
  21. B.Xudayarov
  22. A.Mashrafxanov
  23. V.Kurbanov
  24. A.Maxamadiyorov
  25. A.Djurayev
  26. B.Bakayev
  27. A.Aliyev
  28. J.Soliyev
  29. A.Tursunboyev
  30. B.Narmirzayev
  31. F.Kamalov
  32. M.Mirzoyev
  33. N.Bagadirov
  34. A.Shelyov
  35. M.Kurbanov
  36. O.Islamov
  37. M.Ibadullayev.

Ular Jinoyat kodeksining:

  • 104 (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish);
  • 109 (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish);
  • 138 (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish);
  • 165 (Tovlamachilik);
  • 168 (Firibgarlik);
  • 228 (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish);
  • 242 (Jinoiy uyushma tashkil etish);
  • 243 (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish);
  • 273 (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish);
  • 276 (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar);
  • 277-modda (Bezorilik)larida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Ma’lumot uchun, 36 nafar sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish va 1 nafariga garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil dekabr oyida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlari “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni poytaxtda qo‘lga olgandi. U 15 sutkaga hibsga olingan, shundan so‘ng poytaxt IIBB jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgandi.

O‘sha yilning dekabr oyida oxirida Toshkent shahri IIBB tovlamachilikda gumonlanib hibsga olingan yana 6 nafar shaxsning nomlari va suratlarini e’lon qilgandi. Ular orasida “Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li Ixtiyor Qudratullayev va bir ayol ham bo‘lgan.

2024-yil fevralida esa huquq-tartibot idoralari tovlamachilikda gumon qilinayotgan “Baxti Tashkentskiy”ning akasi Shuhrat Qudratullayevni qo‘lga olgan. U avvalroq qidiruvga berilgandi.