25-may kuni Jizzax viloyatining Zomin qo‘riqxonasida Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi With Chery With Love (WCWL) tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekistonning barcha mintaqalaridan bo‘lgan 60 dan ortiq Tiggo 7 Pro avtomobillari sohiblarining oilalari va yaqinlari qatnashdi.

Chery Tiggo 7 Pro krossoverlarining sohiblari ajoyib voqeaning ishtirokchilariga aylandi. Hudud avtomobil ishqibozlari uchun o‘yin-kulgi markaziga aylandi. Ushbu zamonaviy va maqbul krossoverlar sohiblari nafaqat o‘zaro muloqot qilish, balki o‘z avtomobillarini to‘liq sinab ko‘rish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi. Ushbu qiziqarli sayohat davomida ishtirokchilar o‘zlarining krossoverlarining qobiliyati, dinamikasi va boshqarilishiga baho berdi.

chery, реклама

Qiziqarli dasturning birinchi nuqtasi 2023-yil dekabr oyida ochilgan shishadan ishlangan ajoyib osma ko‘prikni ziyorat qilish edi. Uning uzunligi 305 metrni tashkil etib, balandligi esa 150 metrga tengdir. Ko‘prik tashrif buyuruvchilarning xavfsizligi va qulayligini ta’minlab, bir vaqtning o‘zida 600 kishini ko‘tarishgamo‘ljallangan. Tiggo 7 Pro sohiblari bosh aylanadigan darajadagi balandlikdagi manzaralardan bahramand bo‘lib, o‘z his-tuyg‘ularini zavq bilan baham ko‘rdi. Shishadan ishlangan osma ko‘prik bo‘ylab sayr ularga unutilmas hissiyotlar va yorqin xotiralarni taqdim etdi.

chery, реклама

Mahobatli WCWL tadbirining davomi TRYP BY Wyndham Zomin mehmonxonasida ijodkorlik va qiziqarli ruhda davom etdi. Tashkilotchilar mehmonlar uchun tanlovlar va musobaqalarni o‘z ichiga olgan boy shou dasturini tayyorlab qo‘ygan edi.

Bayramning eng muhim voqealaridan biri iste’dodlar tanlovi bo‘lib, unda ishtirokchilar jamoalarga bo‘linib, tomoshabinlarga o‘zlarining ijodiy chiqishlarini taqdim etdi. Tadbir qo‘shiqlar, raqslar, hazil-mutoyibalar, mini-spektakllar va hatto rasmlardan xoli o‘tmadi — barcha nomerlar Tiggo 7 Pro krossoveriga bag‘ishlangan edi. Ijodiy muhit, hayajonli chiqishlar va do‘stona munosabat — bular WCWL doirasidagi bayramning asosiy g‘oyasidir.

chery, реклама

Ob-havo sharoitlariga qaramay, mijozlar uchun o‘tkaziluvchi WCWL tadbiri barcha uchun unutilmas bayramga aylandi. Bu Chery o‘z mijozlarini qadrlashini va brendning avtomobil hamjamiyati ichidagi aloqalarni mustahkamlash uchun noyob tadbirlarni yaratishga intilishini yana bir bor isbotladi.

Ushbu loyiha O‘zbekistonning turli mintaqalaridan bo‘lgan avtomobil ixlosmandlarini birlashtiradi. Ishtirokchilar nafaqat o‘z avtomobillarining texnik xususiyatlari va afzalliklarini muhokama qilishlari, balki egalik qilish jarayoni haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashishlari, avtomobillari bilan bog‘liq bo‘lgan qiziqarli voqealarni so‘zlab berishlari mumkin.

chery, реклама

WCWL uchrashuvlarida hukmronlik qiladigan birdamlik muhiti Chery`ning katta oilasiga taalluqlilik tuyg‘usini kuchaytiradi. Bu yerda raqobat yoki tarqoqlikka o‘rin yo‘q — barcha ishtirokchilar ushbu brendning avtomobillariga bo‘lgan umumiy ishtiyoq va avtomobil hamjamiyatini kengaytirish istagi atrofida birlashgan.

Chery`ning tashabbusi ishlab chiqaruvchi o‘z mijozlari uchun muloqot qilish va tajriba almashish platformasini yaratish orqali o‘z mijozlari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatishi mumkinligiga yorqin misoldir. WCWL loyihasi avtomobil brendi shunchaki nom va logotip emas, balki butun boshli falsafa, o‘xshash sevimli mashg‘ulotlar va qadriyatlarga ega odamlarni birlashtiradigan turmush tarzi ekanini namoyish etadi.

Telefon: (+998) 71−276−55−55.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.