1−3-iyun kunlari Janubiy Koreyaning Mungyong shahrida taekvondo WT bo‘yicha harbiylar o‘rtasida 27-jahon chempionati o‘tkazildi. O‘zbekistonlik sportchilar 12 ta medal — 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu natija orqali yigitlar ham, qizlar ham umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Medalchilar
Oltin:
- -68 kg: Ulug‘bek Rashitov
- -80 kg: Jasur Jaysunov
- -87 kg: Shuhrat Salayev
- +87 kg: Nikita Rafalovich
- -62 kg: Feruza Sodiqova
- -73 kg: Gulsanam Alijonova
Kumush:
- -57 kg: Madina Mirabzalova
- + 73 kg: Svetlana Osipova
Bronza:
- -46 kg: Samira Adashaliyeva
- -49 kg: Zuhra Tojimatova
- -53 kg: Marjona Primova
- -67 kg: Ozoda Sobirjonova
Musobaqada 20 dan ortiq davlatdan 300 nafar sportchi ishtirok etdi.