Siyosat
Shavkat Mirziyoyev “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirlandi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni mamlakatning oliy davlat mukofoti — “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirladi.
“G‘arb davlatlarining Falastin muammosiga munosabati qattiq xavotirga solmoqda” — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev G‘arb davlatlarining Falastin fojiasiga munosabati qattiq xavotirga solayotganini ta’kidladi. “Amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilmoqda. Demokratiya va inson huquqlarini keng targ‘ib qilgan davlatlar bu qotilliklarga ko‘z yummoqda”, — dedi prezident.
Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligiga rahbar bo‘ldi
Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligi rahbari etib tayinlandi. U bunga qadar agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Tashkilotning avvalgi rahbari Firdavs Abduxoliqov Islom sivilizatsiyasi markazi direktori bo‘lgan.
Investitsiyalar vaziriga 2 nafar o‘rinbosar v.b. tayinlandi
Bosh vazir investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga o‘rinbosar vazifasini bajaruvchilar sifatida Shoxrux Gulamov hamda Akram Aliyevni tayinladi.
Iqtisodiyot
Hech bir davlat JSTga a’zolikni siyosiy irodasiz amalga oshira olmagan — JST bosh direktori
Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaga ko‘ra, hech bir mamlakat tashkilotga a’zolikni siyosiy irodasiz amalga oshira olmagan. “O‘zbekiston hukumatida kuchli siyosiy irodani ko‘ryapman”, — degan bosh direktor a’zolikka da’vogarlar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonga kelganini qayd etdi.
Rossiyaning “Inter RAO” kompaniyasi kuzda O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlashi mumkin
Rossiyaning “Inter RAO” energetika kompaniyasi O‘zbekistonga elektr yetkazib berishni boshlashi mumkin. Kompaniya kuzatuv kengashi raisi Aleksandra Paninaning aytishicha, kuzgacha Qozog‘iston qancha hajmni tranzit qilishi mumkinligi aniqroq ishlab chiqiladi.
Jamiyat
Dam olish kunlari havo 39 darajagacha isiydi
Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 34−39 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarda chang-to‘zonli shamollar kuzatilishi mumkin.
DXX to‘rtta hududda pora olishda gumonlanayotgan soliq inspeksiyasi xodimlarini ushladi
Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida pora olishda gumonlanayotgan soliq inspeksiyasi xodimlari qo‘lga olindi. Ular bir holatda tekshiruv o‘tkazmaslik uchun 2300 dollar, yana birida foyda solig‘ini kamaytirib berish evaziga 5 ming dollar olayotgan paytda ushlangan.
Jizzaxda daladan erkak murdasi topildi
Forish tumanida daladan erkak kishining jasadi topildi. Jizzax viloyati IIBning ma’lum qilishicha, u mahalladoshining tosh bilan yetkazgan jarohati oqibatida vafot etgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Qashqadaryoda 350 ming xonadonning chiqindidan asossiz qarzdorligi bo‘yicha to‘lovlari qayta hisoblandi
Qashqadaryoda yilning birinchi choragida 351 mingdan ortiq xonadondan chiqindi tashish bo‘yicha ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 15 mlrd so‘mdan ziyod to‘lov undirildi. Raqobatni riojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining aralashuvi bilan ular qayta hisob-kitob qilindi.
Prezident Yakkasaroydagi suv sporti saroyida bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi yangi suv sporti saroyini ko‘zdan kechirdi. 50 metrli basseynga ega majmua bir vaqtning o‘zida 100, kuniga esa 1000 dan ortiq odamga xizmat ko‘rsata oladi. Unda professional sportchilar ham, havaskorlar ham mashq qilishi mumkin.
Sport
JCH-2026 saralash: O‘zbekiston Turkmanistonni yana mag‘lub etdi (video)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari JCH-2026 saralash turnirining beshinchi turida Turkmaniston terma jamoasini mag‘lub etdi (video, foto, statistika).
O‘zbekistonlik para velosportchilar Osiyo chempionatida 1-o‘rinni oldi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tgan para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston 19 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Tailand ikkinchi, mezbonlar esa uchinchi o‘rinni oldi.
Jahon
Janubiy Koreya prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol keyingi haftada davlat tashrifi bilan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonga keladi. Tashriflar 10−15-iyun oralig‘ida bo‘lib o‘tadi va Koreya yetakchisiga mamlakat birinchi xonimi hamrohlik qiladi.
Rossiya Ukraina energetika tizimining yarmidan ko‘pini ishdan chiqardi — FT
Rossiya 2022-yilda bosqin boshlanganidan beri Ukraina elektr stansiyalarining yarmidan ko‘pini ishdan chiqardi yoki egalladi va bu orqali mamlakat energiya ishlab chiqarish quvvati 20 GVt dan pastga tushib ketdi, deb yozdi Financial Times.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!