Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 ikkinchi saralash bosqichining beshinchi turida Turkmaniston terma jamoasini mag‘lub etdi. 6-iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin 3:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida burchak to‘pini himoyachi Xusniddin Aliqulov boshi bilan darvozaga yo‘lladi va hisob ochildi.

Turkmaniston 25-daqiqada hisobni tenglashtirdi — hujumchi Shanazar Tirkishov jamoadoshi jarima maydonchasiga oshirgan to‘pni O‘tkir Yusupov darvozasiga kiritdi.

29-daqiqada Eldor Shomurodov bilan kombinatsiyadan so‘ng yarim himoyachi Oston O‘runov saralash turnirining 4 ta o‘yinidagi o‘zining 3-goliga mualliflik qildi.

41-daqiqada O‘runov dubl qayd etishi mumkin edi, ammo to‘pni tezda o‘ziga moslay olmadi va va zarba yo‘lladi.

O‘zbekistonliklarda yana bir nechta gol urishga imkoniyat bo‘ldi, biroq to‘p yo darvoza to‘siniga tegib qaytdi yoki yakunda aniqlik yetishmadi.

Biroq 70-daqiqada himoyachi Sherzod Nasrullayev jarima maydonchasi ichidagi to‘pni darvozaga kiritib, O‘zbekistonning ustunligini oshirdi.

O‘zbekiston terma jamoasi 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda, Gonkong bilan parallel o‘yinda g‘alaba qozongan (2:4) va to‘plar farqi yaxshiroq (12 va 9) Eron peshqadam (13).

Mart oyida O‘zbekiston JCH-2026 saralashining uchinchi (hal qiluvchi) bosqichiga, shuningdek, 2027-yilgi Osiyo Kubogi final turniriga yo‘l olgandi.

Statistika

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

Video

Foto

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston

futbol, jch-2026 saralash, turkmaniston