Tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumanidagi daladan erkak kishining murdasi topilgani aytilgan video tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tasvirlarda tumanning Qorabdolota mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.P. aks etgan. U mahalladoshi S.R. tomonidan tosh bilan yetkazilgan jarohat oqibatida vafot etgan.

Holatga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish; jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, agar sudda ushbu ayblov o‘z isbotini topsa, aybdor 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.