Telegram asoschisi Pavel Durov kanalida yozda Markaziy Osiyoga borishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

“Men Telegram bosh direktori sifatida ta’tilga chiqmayman. Buning o‘rniga, foydalanuvchilarimiz bilan noodatiy manzillarda uchrashish orqali ishlashni davom ettiraman. Bu yozda men Markaziy Osiyoga borib, u yerda hayot qanday ekanini ko‘rishga, odamlar Telegram`dan qanday foydalanishini va ularning raqamli ehtiyojlarini o‘rganishga qaror qildim”, — deb yozdi u.

Pavel Durov qaysi mamlakatlarga qachon borishni rejalashtirayotganiga aniqlik kiritmadi, biroq u “kashfiyotlari"ni Telegram`dagi kanali obunachilari bilan ulashishga va’da berdi.

Pavel Durov Dubayda yashaydi, Rossiya, Fransiya, BAA, shuningdek, Sent-Kits va Nevis davlatlari fuqaroligiga ega. U 15,5 milliard dollar boylik bilan Forbes reytingida 122-o‘rinni egallab turibdi.