10-may kuni soat 08:14 da Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila ta’siri O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lum qildi.
Epitsentrdagi zilzila magnitudasi — 4,9. Chuqurligi esa 120 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha bo‘lgan masofa — 395 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Sho‘rchi tumanida 2 ball, 28 km.
- Uzun tumanida 2 ball, 39 km.
- Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 49 km.
- Oltinsoy tumanida 2 ball, 54 km.
- Denov tumanida 2 ball, 63 km.
- Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 68 km.
- Bandixon tumanida 2 ball, 69 km.
- Qiziriq tumanida 2 ball, 81 km.
- Termiz tumanida 2 ball, 83 km.
- Boysun tumanida 2 ball, 90 km.
- Angor tumanida 2 ball, 91 km.
- Termiz shahrida 2 ball, 100 km.