Siyosat
O‘zbekistonda chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda
O‘zbekistonda chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda. Bunga mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi, davlatlararo va milliy adovatni qo‘zg‘atuvchi, xalq sha’ni, qadr-qimmati yoki tarixini kamsituvchi chiqish va harakatlar sabab bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyot
May oyida sezilgan inflyatsiya darajasi 14 foizni tashkil etdi
May oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi aprelga nisbatan biroz tezlashib, 14 foizni tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatildi (17,4 foiz). Oy davomida aholi eng ko‘p dorilar, benzin va yonilg‘i, shuningdek, qurilish mollari narxi ko‘tarilganini sezdi.
May oyida O‘zbekiston uy-joy bozorida sotuvlar 9 foizga oshdi
May oyida O‘zbekistonda 21,6 mingta uy-joy sotildi, bu aprel oyiga nisbatan 9 foizga ko‘proq hisoblanadi. Ikki oylik o‘sishga qaramay, faollik darajasi hali ham bir yil oldingi darajadan past bo‘lib qolmoqda.
Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi — AQSh savdo vakili Ketrin Tay
AQSh savdo vakili Ketrin Tay Toshkentda qator vazirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Elchi AQSh O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash va GSP tizimi doirasida savdo imtiyozlarini berishni qayta tiklash niyatini tasdiqladi.
Jamiyat
Abituriyent va talabalarni yangi o‘quv yilida qanday o‘zgarishlar kutmoqda? Vazirlik vakili bilan suhbat
OTMlar uchun davlat buyurtmasi nima degani? Unda xususiy OTMlar ham qatnashadimi? “Avval test, so‘ng tanlov” tizimi qanday ishlaydi? Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi va ta’lim granti kimlarga beriladi? “Gazeta.uz” tizimdagi o‘zgarishlar bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili bilan suhbatlashdi.
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan 15−18-iyun kunlari qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar Toshkent va 6 ta viloyat o‘rtasida amalga oshiriladi.
Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi
Musulmonlar idorasi 16-iyun, yakshanba kuni Qurbon hayiti namozining hududlardagi o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi. Shu kuni Toshkent metropoliteni 03:00 da ish boshlaydi va ma’lum muddat bepul bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida 12−13-iyun kunlari sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin
Kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 12−13-iyun kunlari sel-suv toshqini kuzatilishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.
Toshkentda Qurbon hayiti kuni avtobus va metro 3:00 dan ish boshlaydi
Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni Toshkentdagi metro va avtobuslar soat 03:00 dan ish boshlaydi. Ular soat 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Samarqandda fuqarolarga kuch ishlatgan IIB xodimi ishdan olindi
Samarqand shahrida IIB xodimi kelishmovchilik sababli bir erkak va homilador ayolga kuch ishlatdi. U fuqarolarga “birinchi buyruq bajarilishi, keyin muhokama qilinishi"ni aytganini eshitish mumkin. Viloyat IIB profilaktika inspektori ishdan bo‘shatilganini bildirdi.
Toshkentda 3 yoshli bola “Zil” urib ketishi oqibatida vafot etdi
Uchtepa tumanida “Zil” yo‘ldan o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib ketdi. Voqea oqibatida bola vafot etdi.
Toshkentda tergovchi va 2 nafar surishtiruvchi 7 ming dollar pora olganlikda gumonlanmoqda
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida tergov bo‘limi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi o‘zaro til biriktirib, fuqarodan 7 ming dollar pora olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Shuningdek, DXX prokuror, advokat hamda boshqalarni pora olganlikda gumonlab qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Yaponiya Buxorodagi tibbiyot tashkilotlariga 182 ming dollarlik tibbiyot jihozlarini topshirdi
Yaponiya hukumati Buxoroning Romitan va Peshku tuman tibbiyot birlashmalariga umumiy qiymati taxminan 182 ming dollarlik tibbiyot jihozlarini topshirdi. Shifoxonalarga rentgen diagnostika uskunasi va operatsiya uchun mo‘ljallangan uskunalar yetkazib berildi.
Qarshi va Namangandan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi
Qanot Sharq aviakompaniyasi Qarshi va Namangandan Istanbulga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi. Namangandan parvozlar haftaning seshanba kunlari, Qarshidan esa payshanba kunlari amalga oshiriladi.
1-iyuldan ayrim poyezdlar chiptalari narxi 25 foizga oshadi
1-iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi “Nasaf”, “Sharq”, “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshadi. Bundan avval narxlar 20-yanvardan 20 foizga ko‘tarilgandi.
Hayit kuni Toshkentda yuk mashinalari harakati 10 soatga cheklanadi
Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni soat 00:00 dan 10:00 ga qadar Toshkentda barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati (kirish-chiqish, shahar ichida harakatlanish) to‘liq to‘xtatiladi.
Hayit kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati soat 7:00 gacha cheklanadi — manzillar
16-iyunda Toshkent shahridagi 121 ta masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu kuni soat 00:00 dan 7:00 gacha ayrim ko‘cha va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi (ro‘yxat).
Toshkent viloyatida Sky Camp Bo‘stonliq tog‘ festivali bo‘lib o‘tadi
29 va 30-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanida Sky Camp Bo‘stonliq tog‘ festivali bo‘lib o‘tadi. Bu velopoyga, treyl yugurish, skayranning, yoga va meditatsiyani o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda birinchi marta treyl yugurish trassasiga yuguruvchilarga shaxsiy hisob uchun ochkolar olish imkonini beruvchi guvohnoma berildi.
Google Markaziy Osiyo va Kavkaz dasturchilari uchun barqaror rivojlanish muammolarini hal qilish dasturini ishga tushiradi
Google Build with AI for Sustainable Growth dasturi doirasida bir qator hakaton va seminarlar o‘tkazib, dasturchilarni barqaror rivojlanish muammolarini, jumladan, ekologiya, suv va yer resurslarini muhofaza qilish hamda havo sifatini yaxshilashda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishga taklif qiladi.
Jahon
AQSh Rossiyaga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni kengaytiradi — FT
AQSh joriy haftada Rossiyaga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni sezilarli darajada kengaytiradi. Bunda Rossiya mudofaa kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan RF tashkilotlari bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi har qanday xorijiy bank ishi ko‘rib chiqiladi.
BMT komissiyasi ham HAMASni, ham Isroilni urush jinoyatlarida aybladi
BMT mustaqil komissiyasi XAMAS ham, Isroil ham 2023-yil oktabr oyidan beri urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan, degan xulosaga keldi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!