Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 12-iyun kuni Lacetti avtomashinasi yonib ketdi, deb xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Soat 14:20 atrofida Shota Rustaveli ko‘chasida Lacetti avtomobilining salon qismi yonib ketgan. Yong‘in oqibatida hech kim jarohat olmagan.
FVBning qo‘shimcha qilishicha, uni bartaraf etishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb yetilgan, yong‘in 7 daqiqada o‘chirilgan.
YHXB yong‘in sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritmoqda.