Qurbon hayiti kuni — 16-iyunda Toshkent shahridagi metro va avtobuslar soat 03:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, shahar avtobus yo‘nalishlari va metropoliten soat 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, poytaxtda Hayit namozi 05:10 da o‘qiladi. Boshqa hududlarniki haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 16-iyunda Toshkent shahridagi 121 ta masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu kuni soat 00:00 dan 7:00 gacha ayrim ko‘cha va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi (ro‘yxat).