O‘zbekiston “atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishning barcha jihatlari bo‘yicha” Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bu haqda Energetika vazirligining vazir Jo‘rabek Mirzamahmudovning 10-iyun kuni Vena shahrida MAGATE rahbari Rafael Grossi bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha xabarida aytiladi.

Muloqotda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni davom ettirish masalalari muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

Rafael Grossi uchrashuvdan so‘ng shunday dedi: “MAGATE O‘zbekistonni mamlakatda atom energetikasini, xususan, kichik modulli reaktorlarni joriy etish rejalarida bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor”.

  • Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha kam quvvatli AES (330 MVt, har biri 55 MVt bo‘lgan oltita reaktor) qurilishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning may oyi oxirida Toshkentga tashrifi chog‘ida ma’lum qilingan edi. Birinchi reaktorni ishga tushirish besh yil ichida, keyingilari — har olti oyda rejalashtirilgan.
  • Stansiyani Tuzkon ko‘li yaqinidagi avval tasdiqlangan maydonda qurish rejalashtirilgan, u yerda dastlab yirik AES (har biri 1200 MVt quvvatga ega ikkita energoblok) joylashuvi ko‘rib chiqilgan.
  • 2021 yil yozi va 2023 yil boshida MAGATE ekspertlari AES qurilishi uchun joyni baholash uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.