2024-yilda Samarkand Marathon xalqaro xayriya poygalari turkumiga besh yil to‘ladi. Bu turkumdagi navbatdagi tadbir Sky Camp Bo‘stonliq 2024 tog‘ festivali bo‘ladi, deb xabar qildi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati.

Tog‘li sport festivali ishtirokchilari va mehmonlarini quyidagilar kutmoqda:

  • Sky Camp BIKE — tog‘ yo‘li velopoygasi, masofa 13,5 km, balandlikka ko‘tarilish 691 m;
  • Sky Camp TRAIL — 619 va 1238 m balandlikdagi 10 km va 20 km masofaga yugurish;
  • Sky Camp PEAK — Amirsoy kurortining pastki bekatidan yuqori bekatigacha bo‘lgan 4,2 km masofani 724 m balandlikka ko‘tarilish bilan yugurish;
  • Sky Camp ZEN — yugurish, yoga va meditatsiya kombinatsiyasi.

Sky Camp TRAIL Xalqaro treyl yugurish uyushmasining (ITRA) guvohnomasiga ega. Bu ishtirokchilar ITRA ballarini qo‘lga kirituvchi O‘zbekistondagi ilk yo‘nalish yo‘lagi hisoblanadi.

“Bu yil biz Sky Camp Bo‘stonliq tog‘ sportlari festivalini tiklaymiz. Jamoa festival doirasida turli xil tadbirlarni tayyorladi — treyl yugurishdan tortib, yoga va meditatsiyagacha… Biz O‘zbekistonda birinchi marta yugurish yo‘lini sertifikatlashtirdik, endi yuguruvchilar o‘z yutuqlari uchun shaxsiy reytingda ball olishlari mumkin bo‘ladi”, — dedi Samarkand Marathon xayriya poygalari turkumi kuratori Mirxan Sagitov.

Ikki kun davomida Sky Camp`da plogging tashkil etiladi, bunga oxirgi ZAAMIN ULTRA 2024`da e’tibor qaratilgandi.

Ishtirokchilar, shuningdek, Samarkand Marathon hamkorlari tomonidan tashkil etiladigan ko‘ngilochar tadbirlar, musiqa va konsertdan bahramand bo‘ladi. Bu yil 29-iyun oqshomida bo‘lib o‘tadigan konsertning hedlayneri Tesla Boy guruhi bo‘ladi.

Sky Camp Bo‘stonliq uchun saytdagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Festival tashkilotchisi — Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, hamkorlari — Sport vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi.