16-iyun, yakshanba soat 00:00 dan 10:00 ga qadar Toshkentda barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati to‘liq — kirish-chiqish, shahar ichida harakatlanishi cheklanadi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar bermoqda.

Bundan Qurbon hayiti namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsad qilingan, deyiladi boshqarma xabarida.

Eslatib o‘tamiz, shu kuni Toshkent metropoliteni 03:00 dan ish boshlaydi va soat 10:00 gacha aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi.