Uzbekistan Airways Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan respublika ichidagi bir qancha aviayo‘nalishlarga qo‘shimcha aviaqatnovlar joriy etilishini ma’lum qildi.

Qo‘shimcha reyslar:

  • Toshkent — Namangan — Toshkent — 15-iyun;
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent — 15, 17, 18-iyun;
  • Toshkent — Termiz — Toshkent — 15, 16, 17, 18-iyun;
  • Toshkent — Samarqand — Toshkent — 16-iyun;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent — 16, 18-iyun;
  • Toshkent — Farg‘ona — Toshkent — 17-iyun kunlari amalga oshiriladi.

Parvoz jadvali haqida ma’lumot va aviachiptalarni aviakompaniya sayti, Uzbekistan Airways Sales filiallari va aviakompaniya agentlaridan olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan Qurbon hayiti 16-iyun — yakshanba kuni nishonlanadi. Haftasiga 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi: 17-iyun ko‘chirilgan dam olish kuni, 18-iyun esa barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.